Xvan Sun Von. Jala (hikoya)
Yigitcha qizchani daryo bo‘yida ilk bora ko‘rgandayoq usta Yunning evarasi ekanini bilgandi. Qizaloq qirg‘oqqa kelib, har tomonga suv sachratib o‘tirardi. Seulda bunday daryoni ko‘rmagan-da! Mana necha kunki, shu ahvol – maktabdan qaytadiyu, suv bo‘yiga borib oladi. U bugun tosh ko‘prikning davomi…


Xvan Sun Von 1915 yil 26 martda hozirgi Shimoliy Koreyaning Tedong shahrida tug‘ilgan. Ilk she’rlari o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq bosilib chiqadi. Yigirma yoshidan boshlab hikoyalar yozishga kirishadi. U Yaponiyaning nufuzli Vaseda universitetida ta’lim oladi. So‘ngra Koreyaga qaytib 10 yil maktabda dars beradi. Oddiy o‘qituvchilikdan Janubiy Koreyaning Kyongxi universiteti professori darajasigacha erishgan adib keyinchalik “Yulduz bilan yonma-yon yashab”, “Harakatlanadigan qal’a”, “Quyosh va oy yog‘dusi”, “Qiyalikdagi daraxtlar” kabi romanlar yozadi.