Xusrav Shohoniy. Tushlik ziyofat (hikoya)
Naq ertalabdan buyon Nasrullaxon men bilan o‘ta xushmuomala edi. U bir necha bor o‘tirgan stolimning tepasiga kelib, sigaret bilan siyladi, choy taklif qildi… Ko‘pdan beri o‘rtamizda yaqin oshnachilik munosabatlari bor edi, puldan qisilib qolgan chog‘larimizda bir-birimizga qarz berib turar, oyda davomi…


Eron adabiyotining yorqin namoyandalaridan hisoblangan Xusrav Shohoniy (خسرو شاهانی) 1930 yilda Mashhadda tug‘ilgan. 1958 yildan boshlab Tehronda chop etiladigan “Ravshan fikr”, “Qahqaha”, “Oqu qora” jurnallarida hikoyalari bosila boshlagan. “Qahqaha”ning har bir sonida Namatmol (kigiz bosuvchi) taxallusi bilan feletonlari e’lon qilingan. U ijtimoiy-siyosiy, odob-axloq, madaniyat masalalariga ko‘proq e’tiborini qaratgan va barcha zamonlarda hajvchilar uchun dasturilamal bo‘lgan qarama-qarshilik, mubolag‘a, sharj, karikatura, parodiya singari usullardan unumli foydalangan.