Vilyam Bekford. Vatek (xalifa Vosiq qissasi)
Abbosiylar sulolasidan to‘qqizinchi xalifa Vosiq – Mu’tasimning o‘g‘li va Horun ar-Rashidning nevarasi edi. U ayni qirchillagan vaqtida taxtga mindi. Undagi buyuk qobiliyatu salohiyatlar uzoq yillar taxtni boshqarishga va raiyatning dorulamon hayot kechirishiga kafolat edi. Chehrasidan nur yog‘ar, salobatidan ko‘rganning aqli davomi…


Vilyam Bekford (William Thomas Beckford) 1760 yilda Londonda Angliyaning eng boy odamlaridan biri, lord-mer oilasida dunyoga keldi. Bu oilaning Vest-Indiyada bepoyon ekin dalalari, minglab qullari bor edi. Yamayka orolining talay qismi shu boy xonadoniga qarashli bo‘lgan. Yosh Bekfordga buyuk me’mor Chembers me’morchilikdan, Motsart esa musiqadan ta’lim berdi. Shu bois Bekford qobiliyatli bastakor, xushovoz xonanda ham edi. Yoshligidan u arab ertaklariga vobasta bo‘lib qoladi. Hatto oiladagi yaqinlari uning bu shaydoligidan vahimaga tushib, arab ertaklarini yo‘qotish payiga tushib qoladilar, biroq zehndor Bekford allaqachon ularni yodlab olgan edi. “Vatek” qissasini u 22 yoshida frantsuz tilida yozdi. Uning do‘sti Xenli ertakni ingliz tiliga tarjima qildi. Bundan xabar topgan Bayron Bekfordning bu va boshqa ertaklarini qo‘lyozmasidayoq o‘qish uchun keltirib berishlarini so‘rardi.