Tetsuo Miura. O‘n besh yoshligim (hikoya)
Bir vaqtlar men o‘lim oldidan vidolashuv maktubini yozgan edim. Aslida, jonimga qasd qilish niyati yo‘q edi. Faqat meni o‘ldirishlari mumkin, degan fikr tinchlik bermasdi. Umuman olganda, sal-pal mubolag‘a qilyapman. Men uni o‘zim bilib-bilmay, ruhiy tushkunlik paytida hech kutilmaganda narigi dunyoga davomi…


Yaponiyalik adib Tetsuo Miura Xatinoxe shahrida tug‘ilgan. Tetsuo 1949 yili Tokiodagi Vaseda universitetiga kiradi, biroq oilaviy sharoit tufayli ona shahriga qaytib, o‘rta maktab o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 1953 yili o‘qishini tiklab, 1957 yili universitetning frantsuz adabiyoti bo‘limini tamomlaydi. Uning dastlabki hikoyasi 1955 yili jurnalda e’lon qilinadi. Keyinchalik qator hikoyalar to‘plamlari nashrdan chiqadi va adib bu kitoblari uchun Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata nomidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi.