Eston yozuvchisi Paul Kuusbergning “Andres fojiasi” romani avtomobil halokati bilan boshlanadi. Bu halokatning aybdori kombinat direktori Andres Lapeteus. Andres urib yuborgan mashinada uning xotini va do‘sti bo‘ladi.
Biroq roman oldi-qochdilardan iborat emas. Kitobda avtomobil halokati bilan birga xudbin Lapeteusning fojiasi ham hikoya qilinadi. Lapeteus o‘z mavqeini saqlab qolish uchun haqiqiy muhabbatidan voz kechadi, sevgilisidan yuz o‘giradi, o‘rtoqlaridan tonadi.
Bu roman insonparvarlikka, haqgo‘ylikka va olihimmatlikka chaqiradi.