Zamonamizning buyuk yozuvchisi M. Sholoxovning «Ochilgan qo‘riq» romanida kollektivlashtirish davri aks ettirilgan. Avtor chuqur o‘zgarish, qishloqdagi qurilishlarini zo‘r ehtiros, yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlaydi.
Mashhur rus yozuvchisi Mixail Aleksandrovich Sholoxov «Ochilgan qo‘riq» romanining ikkinchi kitobida kolxoz tuzumi barpo qilingan yillaridagi qishloq hayotini tasvir qiladi. Davidov, Razmyotnov va Nagulnov kabi ijobiy qahramonlar butun hayotini sovet hokimiyatini mustahkamlash ishiga bag‘ishlaganlar. Ular o‘z huzur-halovatlarini ko‘zlamaydilar. Yangilik dushmanlariga qarshi ayovsiz kurashadilar. Romanda ajoyib-g‘aroyib vohealar usta san’atkor qo‘li bilan g‘oyatda ishonarli va jozibali bayon etiladi. Sholoxovga «Ochilgan qo‘riq» romani uchun 1960 yilda Lenin mukofoti berildi.