Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)

Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!

Davronbek Tojialiyev tarjimasi