O‘rdakcha, paxmoq ayiqcha, maymuncha hamda oppoqqina g’ozcha qalin do‘st edilar. Kunlardan bir kun bu ahil og’aynilar ko‘m-ko‘k ummon bo‘ylab sayohatga chiqishdi.
Qanday ajoyib damlar ! Chaykalar ularga “Salom” deya tegraslarida charx urib parvoz qilishar, uchuvchi baliqchalar dengiz yuzasidan sapchib havoga sakrashar va do‘stlarni olqishlashar edi.
…Qo‘qqisdan bo‘ron qo‘zg’aldi.
Do‘stlarning qayig’I taraq-turuq ovoz chiqarib, qoyatoshlarga urildi.
O‘rdakcha shunchalik qo‘rqib ketdiki, natijada u o‘z jonini qutqarish uchun qayiqdan suvga sakradi.
– O‘rdakcha, ortingga qayt, deya qichqirishdi do‘stlari uzoqlashayotgan qayiqdan turib unga. Biroq o‘rdakcha hatto qayrilib ham qaramadi.
Do‘stlar o‘rdakchaning ketib qolganidan juda ham afsusda edilar. Hozir esa ular bo‘ronda zarar ko‘rgan qayiqlarini tuzatishlari kerak edi.
Chaykalar1 – baliqxo‘r dengiz qushlari
Nihoyat qayiq ham tuzaldi. Ayiqcha do‘stlariga : – Men qayiqni boshqaraman, – dedi. Men kemaning suzishini ta’minlayman, – deya luqma tashladi G’ozcha ham. – Men esa atrofni kuzataman, – deya yelkan ustiga tirmashib chiqa boshladi maymuncha.
Biroz fursat o‘tgach, maymuncha birdan qichqirib yubordi: Qaranglar! U yerda kimdir biz tomon kelyapti!
– O, xudoyim! Timsoh o‘rdakchani quvlab kelyapti-ku!
– Tezroq! Tezroq! Buyoqqa kel! Biz buyoqdamiz! – deya qichqirishdi do‘stlari o‘rdakchaga.
Hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. O‘rdakcha yana xavfsiz joyga – do‘stlari oldiga qaytdi.
O‘rdakcha do‘stlarining yuziga qarolmay, qattiq xijolat chekdi.
– Bundan buyon hech qachon sizlardan ajralmayman, – dedi u nihoyat.
Shunday qilib, ular suzishda davom etishdi.
Maymuncha ufq ortidan qorayib kelayotgan bulutlar to‘dasini ko‘rib qoldi.
– Tayyor turinglar, hozir bo‘ron boshlanadi, – deya do‘stlarini ogohlantirdi maymuncha.
Bo‘ron boshlandi.
Ayiqcha qo‘lidan kelgancha qayiqni boshqardi. O‘rdakcha va oq G’ozcha maymuncha machtadan sirg’alib tushayotgan paytda yelkanni pastga tushirishdi.
Qayiq to‘lqinlar orasida goh yuqoriga ko‘tarilib, goh pastga sho‘ng’ib pista po‘chog’iday qalqib borardi.
– O‘rdakcha, sen qo‘rqayapsanmi? – deb so‘radi ayiqcha.
– Yo‘q! Men sen bilanman – deb javob qaytardi o‘rdakcha.
Nihoyat, ular dahshatli bo‘ronni yengib chiqishdi va qadrdon uylari tomon ohista suzib ketishdi.
Pekin, 1965
Ingliz tilidan Dilmurod Usmonov tarjimasi