Gotfrid Keller. Qishloqlik Romeo va Juletta (qissa)
Agar chindan bo‘lib o‘tgan voqeaga asoslanmaganida ushbu hikoya ortiqcha bir taqliddan o‘zga narsa bo‘lmas edi. Bunday mavzular unchalik ko‘p emas, ammo ular qayta-qayta jonlanaveradi, har gal boshqacha qiyofada namoyon bo‘laveradi. Shunda yozuvchi beixtiyor ularni insho etishga kirishadi. Zeldviladan uncha uzoq davomi…


Gotfrid Keller (1819-1890) – shved adabiyotining klassigi, XIX asrning birinchi yarmida olmon tilida ijod qilgan atoqli yozuvchilardan biridir. Syurix shahrida, hunarmand oilasida dunyoga kelgan Keller yetimlikda o‘sdi, kambag‘allar maktabida tahsil oldi. 1840-1842 yillarda u Myunxenda yashab, rassomchilik bilan shug‘ullandi. 1850-1855 yillarda Keller Berlinda yashadi. Shu yillari u o‘zining eng yaxshi realistik asarlari – to‘rt tomlik “Yashil Genrix” nomli avtobiografik romani, “Zeldvilalik odamlar” nomli novellalar to‘plamini yaratdi.