Men uni telbalarcha sevardim.
Aslida biz nima uchun sevamiz? Axir, yorug‘ olamda yagona xilqatnigina ko‘rish, hamisha miyada birgina fikr, kalbda birgina istak bilan yashash, tilda xuddi muqaddas duolarlek bitta ismni takrorlab umrguzaronlik qilish g‘alati emasmi?
Muhabbatimiz tarixini mufassal so‘zlab vaqtingizni olmoqchi emvasman. Sevishganlarning tarixi barchasi bir-biriga o‘xshaydi. Men
ham uni uchratib koldim va sevdim! Bor-yo‘g‘i shu. Men yil bo‘yi uning haroratli kuchog‘ida, nafis dil izhorlari, erkalashlari, iforli
busalari ogushida yashadmi. Usha laxzalarda U mening borligimni shu kadar moxirona zabt etgan ediki, men tun bilan kunni ham, o‘lik
eki tirik ekanimni, kaysi dunyoda yashayetganimini ham his etolmasdim.
…Va u o‘ldi. Qanday qilib? Bilmayman, hech qachon bilolmayman ham.
Yomg‘ir savalab turgan kunlarning birida u uyga shalbbosi chiqib keldi, ertasiga yo‘tala boshladi. Bir haftacha yutalib yurdi, keyin esa yotib qoldi. Nima buldi o‘zi? Hech qachon bilolmayman buni.
Tabiblar kelishdi, allanimalarni yozib berib ketishdi. Dori opkelishdi; kandaydir bir ayol o‘ni bu dorilarni ichishga iajburladimi-ey? Mahbubamning qullari kizib yotar, peshanasi xam ho‘l va qaynok, ko‘zlari tiniq va mahzun edi. Men U bilan gaplashdim, U savollarimga javob qaytadi. Biz nima haqda gaplashgandik o‘zi? Bilmayman. Hammasini esimdan chikardim. hamma-xammasini. U o‘ldi, Uning so‘nggi nafasini, arang eshitilgan yengil nafasini hozirgiday eslayman. Tepasida o‘tirgan ayol tusatdan oh tortib yubordi, shundan keyingina hushim joyiga keldi.
Keyin ruhoniy keldi. U mahbubam haqda gapira turib,”o‘ynashingizmi?” deb so‘radi. Uning bu gapi menga haqorat bo‘lib tuyuldi. Hech kim Uni bunday atashga haqli emasdi. Men ruhoniyni haydab yubordim. Keyin boshka, juda muloyim, shinavandasini chakirib kelishdi. U men bilan marhuma hakida gaplashgan paytda o‘zimni tutolmay yig‘lab yubordim.
Dafn marosimida mendan U hakda har xil mayda-chuyda gaplarni so‘rashardi. O‘shanda xayolim joyidamasdm. Shunday bo‘lsa-da, Uning tobutiga mix qokayotgan bolganinng tovushini yaxshi eslayman… Yo rabbiy!
Uni dafn qilishdi. Yer ostiga, mana shu lahadga tiqishdi! Tanish-bilishlar, uning dugonalari keldi. Men esa ular bilan ko‘rishishni istamasdim, ularining ko‘zidan panaga o‘tdim, qochdim. Ko‘chalarda uzo-oq tentiradim. Keyin uyga qaytdim. Ertasiga esa, sayohatga jo‘nab ketdim…
Kechagina Parijga kaytdim.
Yana o‘z xonamizni, ko‘rpa-to‘shak, mebel, xullas tirik mavjudotning o‘limidan so‘ng qolishi mumkin bo‘lgan barcha narsalar saklanib kolgan uyni ko‘rgan zahotim, yolg‘izlik va g‘am-anduhning shu kadar shafkatsiz xurujiga duch keldimki, derazani ochib, o‘zimni pastga kuprik ustiga tashlab yuborishga xam rozi bulayozdim. Ortiq Uni eslatuvchi ashyolar qurshovida qolishga kuch topolmasligimni bilib, bu xafagazak xonadan bosh olib qochish uchun shlyapamni ildim. Shu asnlda eshikka o‘rnatilgan, U hamma vakt o‘tgan-qaytganida o‘z andomini boshdan- oyoq tomosha qilib chiqadigan, katta ko‘zgu bilan to‘qnash keldim.
Va tez-tez uni o‘zida aks ettirib turadigan bu kuzgu karshisida mixlangandek, uzoq turib koldim. Ko‘zguda U mahzun jilmayib turganday edi nazarimda.
Men Uni xuddi oshiq va teoba vujudim kabi kabi bus-butun bag‘riga sig‘dira olgan, silliq, tera va bum-bush ko‘zgu qarshisida titrabgina turardim. Ko‘nglimda bu jonsiz buyumga nisbatan nechukdir iliqlik uyg‘ondi, titroq barmoqlarim bilan ohista uni siypalab ko‘rdim. U juda sovuq edi. Eh siz xotiralar! Xafaqon ko‘zu, jonli, rangin va qo‘rqinchli ko‘zgu, so‘ngsiz iztiroblar manbai.
Ba’zilarning qalbi xuddi shu kuzguga uxshaydi. Ularning xotirasidagi har qanday qiyofa, qalbida jush urgan har qanaqa his-tuyg‘u ko‘zgudagi aks misol darrov o‘chib ketadi. Menimcha, ular juda baxtli…
Men esa chidab bo‘lmas kiynoklar komida, o‘z ixtiyorim va xoxishimga karshi o‘larok, U dafn etilgan qabristonga yo‘l oldim. Men Uning oddiygina qabrini osonlikcha topoldim. Uning tepasidagi marmar xoch sahniga mana bu suzlarni uzim yozdirganman:
“Sevdi, sevildi va o‘ldi”
Uning bir dasta guldek nafis vujudi shu yerda, men turgan yerdan ikki tirsak buyi chukurlikda, chirib yotibdi. Qanchalik dahshat! Yuzimni namxush tuproqqa bosgancha o‘kirib yubordim.
Men qabr tepasida uzoq qolib ketdim. So‘ng payqadimki, kech tusha boshlabdi. Bu paytda mening qalbimda g‘alati , fakat chin oshiqlarda bo‘ladigan qaysar istak to‘g‘yon qila boshladi. Men sevgilim bilan so‘nggi oqshomni shu yerda, shu qabr tepasida o‘tkazishni, tuni bilan to‘yib-to‘yib yig‘lab chikishni juda-juda istayotgandim. Biroq, meni ko‘rib qolishlari va xaydab yuborishlari mumkin. Nima qilsam ekan? Shartta hiylakorlik yo‘liga utdim. O‘rnimdan turdimda, uliklarning sokin shaxri bo‘ylab daydishga tushdim. Ketaverdim, ketaverdim. Bu shahar tiriklarnikiga karaganda udayam kichkina. Holbuki, o‘liklar tiriklarga qaraganda bir necha baravar ko‘p. Bizga, yorug duneda yashayetgan, nafas olayotgan, yeb-ichayetgan uch-to‘rttagina avlod uchun qanchadan kancha hashamatli uylar, ko‘chalar va kengliklar zarur.
Biroq, marhumlarning yuzlab avlodi, insoniyat silsilasining abadiyatga yuz tutgan barcha vakillari uchun deyarli hech narsa kerakmas. Faqat bir sikim tuprok – tamom. Zamin ularni va ular sodir etgan hisobsiz gunohlarni o‘z bagriga yashirib yotibdi. Tinch yoting, marhumlar, qabringiz nurga to‘lsin!
Shu topda yangi kabriston devori osha, allakachon tiriklar xotirasidan o‘chib ketgan, marhumlar mangu qo‘nim topgan eski tashlandik mozoriston borligiga ko‘zim tushdi.Chamasi hademay bu yerlarda boshkatdan lahad qazilib yangi o‘liklar keltiriladi. Hozircha bu manzil baland buyli shamshodlar va bir-biriga chirmashib ketgan butalar bilan qoplanib yotardi.
Men yolgiz edim. Shu kadar tanxo edimki… Nima qilishimni bilmay, devor osha narigi karistonga o‘tdim va baland bir daraxtning shoxlari orasiga bekinib oldim va butun borlik tun chodrasi ostiga yashirinishini kuta boshladim.
Tamomila qorong‘i tushgach, o‘z boshpanamni tark etib, o‘liklar tula makon bo‘ylab ohista odimlab borardim.
Uzoq sandiraqladim. Adashib ketdim. Zulmat ichida Uning mangu oromgohini yo‘qotib qo‘ygandim. Qabr toshlariga urilib tez-tez tikilar, oyoqlarim qullarim, tizzalarimni marmar xochlarga urib olar, biroq xamon olg‘a intilib Uni izlardim. Xuddi so‘qirlar kabi toshlarni, marmar xoch va temir panjaralarni, oynavand gulchambarlarni paypaslab ko‘rardim. Marmartoshlardagi bitiklar ustidan barmog‘imni yurgizib o‘qirdim. Kecha qorong‘u, zulmat quyuq edi. Uni yo‘qotib qo‘ygandim.
Go‘rlar orasidagi tor yulak bo‘ylab ketib borarkanman, butun vujudimni alamli qurkuv maxv aylagandi. Qabrlar, kabrlar, kabrlar. Hammayoq qabr. O‘ngu so‘limni, orka oldimni, hammayog‘imni kabrlar urab olgan. Boshka yurishga darmonim kolmangandi. Sillam kurib, qaysidir kabr ustiga o‘rnatilgan marmartoshga o‘tirdim. yuragim tepkisini anik- tiniq eshitib turardim. Yana… nimanidir eshitganday bo‘ldim. Nimani bo‘lishi mumkin? Qandaydir noaniq, tushuniksiz shovqin edi bu. Bu sho‘rish mening g‘uvillab yotgan miyamda paydo bo‘ldimi, korong‘ulikning tubsiz qa’ridan kelarmidi yoki minglab jasadlarnni o‘z bagriga olgan asrorangiz yer ostidanmi, bilolmasdim. Atrofga alangladim.
Qanchagacha o‘tirganimni bilolmayman. Qurquvdan kotib qolgndim, bu qo‘rquv meni aqldan ozdiradig‘on darajada edi. Nazarimda hozir o‘lib qoladiganday edim, kichkirmoqchi bular, biroq ovozim chiqmasdi.
Bir maxal tagimda turgan marmar tosh ko‘tarilayetganday tuyuldi. Ha, ha, tosh xuddi birov pastdan turib ko‘targanday tepaga tomon siljirdi. Jonxolatda sakrab narigi gur tomonga utdim. Yo alhazar! Hozirgina men ustida o‘tirgan tosh parchasi qo‘porilib, uning ostidan chirik kafanga o‘rangan yalang‘och skelet chiqib keldi. Bu paytda mening ko‘zlarim qorong‘iliqqa ancha urganib qolgan, marhumning butun gavdasini ko‘rib turardim. Haligi qabr ustidagi bitiklar xam endi ochiq-oshkor ko‘zga tashlanardi:
“Bu yerda ellik bir yoshda yorug‘ duneni tark etgan, uz yaqinlarni chin qalbdan sevgan, aziz va mehribon Jak Olivan yotibdi.”
Boyagi marhum qabr toshidagi bitiklrni o‘qidi-da, yo‘lakdan bir parcha tosh olib, bitikni o‘chira boshladi. U bo‘m-bo‘sh ko‘zkosalarni qabrtosh ustiga qaratib, undagi yozuvlarni shoshiasdan qirtishlab tashlagach, o‘tkir barmoqlari bilan allanimalarni tirnab yoza boshaldi. uning bitiklari xuddi fosforlangandek, ko‘kish shu’la taratib turardi:
“Bu yerda ellik bir yoshda yorug‘ olamni tark etgan, o‘z shafkatsizligi tufayli otasining boshiga yetgan, xotinini xo‘rlagan, farzandlarini azoblagan, qo‘shnilarni aldab, hadsiz gunohlar sodir qilgan Jak Olivan yetibdi.”
Skelet jumlani tahrir qilgach, o‘z ishini bepavo kuzata boshladi. Qarasam, boshka qabrlar ham ochilib, marhumlar tashkari chikishgan, uz qabrlar iuzra bitilgan yolg‘on gaplarni o‘chira boshlaagan edilar.
Bildimki, yakinlari tomonidan mehridaryo padar, vafodor yor, odiq o‘g‘illar, iboli kizlar, halol savdogarlar deya yodga olingan marhumlarning ko‘pchiligi beraxm jallod, aldamchi, ikkiyuzlamachi, kasamxo‘r, firibgar, hayosiz, ablah va kabih kimsalar ekan. Ular qanchalab bechoralarning ko‘zlaridan qonli yoshlarni to‘kishga majburlagan, o‘g‘rilik kilishgan, eng jirkanch ishlarga qo‘l urishgan, sevgan kishilarining muhabbatini poymol etishgandi. Ular uz manzilgohlari ostonasiga tiriklar bilmagan yeki bilib- bilmaslikka olgan achchiq, beshafkat va muqaddas haqikatni yozmoqda edilar.
Balki U ham o‘z qabri ustiga hali menga ma’lum bo‘lmagan biror xaqiqatni bitib ketgandir, degan uy keldi miyamga. Endi boya meni o‘z izmiga solgan xududsiz qo‘rquv ortga chekingandi. Ochilgan go‘rlar, skeletlar orasidan uni topa olishimga ishonch bilan yugura boshladim.
Garchi, yuzi kafan bilan o‘ralgan bulsa-da, Uni uzoqdan kurib tanidim. Bir paytlar “sevdi, sevildi va uldi” degan bitik yozilgan marmar xoch ustiga mutlako boshka jumlani kurdim:
“U bir kuni o‘z seviklisiga xiyonat kilib, boshka jazmanining yonidan qaytayetganida yomg‘irda qoldi va shamollab vafot etdi”
Aytishlaricha, ertasi kuni meni allakanday qabr boshidan xushsiz xolda topishibdi…
Rus tilidan Rustam Jabborov tarjimasi