G‘abit Musrepov. Yapon balladasi
Nogahoniy turtki Esimni tanib, yelkamdan bunchalik qattiq turtki yeganimni hech eslay olmayman. Boshim borib naq tovonimga tekkan bo‘lsa kerak. Xuddi kamalakdek egilib qoldim. Yaxshiyamki sportdan sal-pal xabarim bor, bo‘lmasa yo bo‘ynim, yo belim uzilib ketar ekan… Bundan uch-to‘rt yil ilgari, davomi…


G‘abit Mahmudovich Musrepov (G‘abit Maxmұtұlы Mүsіrepov) [1902.9(22).3 — Qozog‘iston, Kustanay viloyati — 1985, Olmaota] — qozoq adibi va jamoat arbobi, Krzog‘iston Fanlar akademiyasi akademik (1958).Ijodi 20-yillarning o‘rtalarida boshlangan. Ilk hikoya va ocherklari, «Girdob» (1928) qissasi fuqarolar urushi haqida. M. 30-yillarda dramatik asarlar yaratdi. «Qiz-Jibek» (1934), «Omongeldi» (hamkorlikda, 1936), «Qo‘zi Ko‘rpesh va Bayan Suluv» (1939), «Okon-seri va Oq-tuqti yoki Shoir fojiasi» (1942) kabi sahna asarlari mashhur. «Qozoq soldati» (1949), «Uyg‘ongan o‘lka» (1953) romanlari yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. «Onaning jasorati» (1958), «Dovonda» (1965), «Bir kun va bir umr» (1967), «Yillarimiz hikoyalari» (1979) singari hikoya va qissalar to‘plamlariga kirgan asarlarida, «Uchrashmay ketgan bir siymo» (1970) nasriy dostonida qozoq xalqi hayotining turli bosqichlari haqqoniy tasvirlangan. «Hikoyalar» (1961), «Qissa va hikoyalar» (1970) to‘plamlari, «Qozoq soldati» romani (1962) o‘zbek tiliga tarjima qilingan.