Enrike Teysheyra De Souza. Zaytun moyi (hikoya)
Romualdo o‘zining bo‘ydoqlik to‘shagida uyg‘onganida birinchi xo‘roz qichqirig‘i yangragandi: uning oldida hali shaharga yetib olish uchun xachir ustida uch soat silkinish, o‘ttiz kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishdek mashaqqatli yo‘l turardi. U hali biron marta ham Kova-Figeydan San-Felipgacha masofa vaqtini qisqartirishga davomi…


Enrike Teysheyra De Souza (Henrique Teixeira de Sousa) — kabo-verdelik yozuvchi va doktor. Jabrdiyda Afrikaning yo‘qsil odamlari haqida dardmandlik bilan asarlar bitadigan yozuvchilardan biri. U qit’aning zamonaviy adabiyoti taraqqiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Mazkur adibga ham yurtining g‘aroyib tabiati va mungli odamlari ilhom beradi.