Ejen Ionesku. Qadrdonlar (10 sahnali pesa)
Qatnashuvchilar: Mister Smit Missis Smit Mister Martin Missis Martin Meri, oqsoch O‘t o‘chiruvchilar dastasi sardori 1-sahna Ingliz o‘rindiqlari bo‘lgan ingliz zodagonlariga xos jihozlangan xona. Inglizcha oqshom. Ingliz mister Smit oyog‘ida ingliz tuflisi. Ingliz o‘rindig‘ida o‘tirib, ingliz trubkasini tortayotir va ingliz davomi…


Ejen Ionesku (Eugène Ionesco) — taniqli rumin dramaturgi, absurd teatri asoschilaridan biri; Frantsiya Akademiyasi a’zosi. Ejen Ruminiyaning Slatina shahrida rumin advokati oilasida tug‘ilgan. Onasi frantsuz edi. Bolalik chog‘larida oila Parijga ko‘chdi va Ejenning tili frantsuzchada chiqdi. Oradan o‘n-o‘n besh yil o‘tgach, Ioneskular oilasi yana Ruminiyaga qaytib, Ejen Buxarest universitetida tahsil oldi va frantsuz tili o‘qituvchisi diplomiga ega bo‘ldi. Ejen Ionesku avvaliga rumin va frantsuz tillarida she’rlar ijod qildi, shuningdek, “Yo‘q!” taxallusi bilan o‘tkir pamfletlar yozdi. Keyinchalik u dunyoga pesalari bilan mashhur bo‘ldi. Adib o‘ttizga yaqin drama asari yozgan bo‘lib, bu pesalar adabiyot muxlislari o‘rtasida hanuzgacha munozara qo‘zg‘ab keladi.