Anna Frank. Chordoq hikoyalari (kundaliklar)
Dugonajonim Kitti! Senga eng inja sirlarimni ishonaman va meni qo‘llab-quvvatlaysan degan umiddaman. Anna Frank 1942 yil, 14 iyun, yakshanba Xatimni tug‘ilgan kunimga berilgan sovg‘alar orasida seni ko‘rib qo‘limga olgan lahzadan boshlayman (aslida, sotib olingan kuningdan kundalik tuta boshlagandim, lekin bu davomi…


Frankfurt-Mayn shahrida yahudiylar xonadonida dunyoga kelgan Annali Mari Frankning dadasi Otto Frank tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Onasi Edit Hollander ham o‘ziga to‘q, ziyoli oiladan. Annali oilada kenja farzand edi. U hali 4-5 yashar bola ekanligida fashistlar harakati avjga chiqib, Franklar oilasi yahudiylarga nisbatan siyosiy siquvlar tufayli Niderlandiyaga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Otto Frank bu yerda ham tadbirkorlik faoliyatini davom ettiradi. Ammo fashistlar Gollandiyaga bostirib kirgach, yahudiylar yana mushkul ahvolda qoladi. Annalining opasi Margo Betti Frank mehnat lageriga chaqiriladi. Franklar oilasi bu xabardan so‘ng shoshilinch ravishda 1942 yilning 16 iyul kuni Amsterdam markazidagi bir bino chordog‘iga yashirinishadi. Ularga Van Pelslar oilasi hamrohlik qiladi. Otto Frankning hamkasblari iqtisodiy, moliyaviy va ma’naviy yordam berib turishadi.