Pirmuhammad ibn Sulaymon sulton
(1599-1601 yillarda hukmronlik qilgan)
Shayboniylar davlatining so‘ngi hukmdori. Abdulmo‘minning amakisi. Dastlab Balx hokimi bo‘lgan. Abdulmo‘min o‘ldirilgach, Buxoro xonligi taxtiga o‘tqazilgan va davlatni 1601 yilgacha idora etgan. Uning davrida markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashgan. 1601 yili Samarqand hokimi Boqimuhammadni poytaxt ixtiyorida tutish niyatida taxminan 50 ming qo‘shin bilan unga qarshi chiqadi. Pirmuhammad Bog‘i shamol atrofida mag‘lubiyatga uchraydi. Buxoro taxti esa Boqimuhammad qo‘liga o‘tib u xon deb ko‘tariladi. Shu tariqa shayboniylarning bir asrlik hukmronligiga nuqta qo‘yiladi. Mamlakat va davlat tig‘inini endi yangi sulola – “Ashtarxoniylar” o‘z qo‘llariga oladilar.