Hoji Muhammadxon

(Hojimxon)

(tug‘ilgan yili noma’lum)

(1558-1602)

Xiva xoni. Shayboniylar sulolasidan. 1593 yilda Xiva xonligi Buxuro xoni Ubaydullaxon tomonidan bosib olinishi natijasida Hojimxon o‘z oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo‘ladi. 1595 yilda Xiva turkmanlar yordamida yana o‘z mustaqilligini tiklaganda Hojimxon taxtga qaytadi. Lekin, shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib keladi va Hojimxon yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598 yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o‘zaro toju taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishgan.

Bu davrda Xiva xonligi Mang‘ishloq, Bolqon tog‘lari, Dehiston, O‘zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o‘ tasarrufiga olgan edi.