Horun Yahyo. Asaldagi mo‘jiza

(Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz!» Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.» («Nahl» surasi, 68-69-oyatlar)

Yuqoridagi oyatlarda qayd etilganidek, asal «odamlar uchun shifo»dir. Butungi kunda dunyoning ilmiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarida asalarichilik va asal mahsulotlari tadqiqotning yangi qirralariga asos soldi. Asal keltiradigan foydalar quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

Oson hazm qilinadi: Asaldagi qand molekulalari boshqa qandlarga (m-n., fruktozadan glyukozaga) aylana olishi sababli, u o‘zining yuqori kislotali tarkibiga qaramasdan har qanaqa me’dada oson hazm qilinadi. U buyrak va ichaklarning yaxshiroq faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.

Qon orqali tez tarqaladi; tez quvvat olish manbai: Asal ustidan yumshoq suv qabul qilinganda, asal qon oqimiga yetti daqiqada tarqaladi. Uning erkin qand molekulalari miya faoliyatini yaxshilaydi, chunki miya qandni eng ko‘p iste’mol kiluvchi a’zodir. Asal glyukoza va fruktoza kabi qandlarning tabiiy birikmasidir. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qandlarning yagona aralashmasi charchoqni ketkazish va yengil harakatni oshirish uchun eng samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Qon hosil bo‘lishini ta’minlaydi: Asal qon hosil qilish uchun tana tomonidan talab etiladigan energiyaning eng muhim qismini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u qonni tozalashda yordam beradi. U qon aylanishini tartibga solish va osonlashtirishda ba’zi ijobiy ta’sirlarga ega. Shuningdek, u qon tomiri kapillyar muammolari va arteriosklerozga qarshi himoya vazifasini ham bajaradi.

Bakteriyalarga o‘rin qoldirmaydi: Asalning bakteritsid (bakteriyani o‘ldiruvchi) xossasi «daf qilish effekti» bo‘lib, bu antimikrobik xususiyat bir necha ilmiy asoslar bilan asoslanadi. Masalan: mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun kerak bo‘ladigan suv miqdorini cheklovchi yuqori qandli tarkib, bakteriyalarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan azotdan ularni mahrum kiluvchi yuqori kislotalilik (kichik pH) va birikma, vodorod peroksid hamda antioksidlovchilarning asalda mavjudligi bakteriya ko‘payishining oldinioladi.

Antioksidlovchi: Sog‘lom hayot kechirishni xohlagan har bir kishi antioksidlovchilar iste’mol qilishi shart. Bular hujayralardagi tarkibiy qismlar bo‘lib, normal metabolik funktsiyalarning zararli qo‘shimcha moddalarini bartaraf qiladi. Bu elementlar ovqatning aynishi va ko‘plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan buzuvchi kimyoviy reaktsiyalarga barham beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, antioksidlovchilarga boy oziq-ovqat mahsulotlari yurak muammolari va saraton kasalligining oldini olishi mumkin. Asal tarkibida pinosembrin, pinobaxin, krizin va galagin kabi kuchli antioksidlovchilar mavjud. Pinosembrin antioksidlovchi faqat asalda mavjud, xolos.112

Vitamin va minerallar deposi: Asal glyukoza va fruktoza kabi qandlar hamda magniy, kaliy, kaltsiy, natriy xlor, oltingugurt, temir va fosfat kabi minerallardan tarkib topgan. U V1, V2, S, V6, V5 va V3 vitaminlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning barchasi nektar va gulchanglarning sifatiga qarab o‘zgaradi. Yuqoridagilardan tashqari, asalda oz miqdorda bo‘lsa-da mis, yod va rux elementlari ham bor.

Asalning bakteriya hamda yallig‘lanishga qarshi xossalari klinik kuzatuvlar va izlanishlar natijasida aniqlandi. Asal kasallikdagi infektsiya va o‘lik hujayralarni og‘riqsiz tozalashda va yangi to‘qimalarning rivojlanishida nihoyatda foydalidir. Asaldan dori sifatida foydalanish eng qadimgi yozuvlarda ham qayd etilgan. Hozirgi kunda, shifokor va olimlar asalning jarohatlarni davolashdagi samaradorliligini qayta kashf qilishmoqda. So‘nggi 20 yil ichida asalni tadqiq qilgan yetakchi olim, Yangi Zelandiyadagi Uaykato universitetining biokimyo sohasi professori Doktor Piter Molan asalning antimikrobik xususiyati haqida shunday deydi: «O‘tkazilgan tajribalar shu narsani ko‘rsatdiki, shifoxonlarda kuygan joyni davolash uchun eng ko‘p ishlatiladigan antibakterial malham, kumushli sulfadiazinga qaraganda asal kuygan yaralarga infektsiya tushirmasligi bilan eng foydalidir.» («Infektsiya tushgan jarohatlarga qarshi asal», www.apitherapy.com/honeysk.html)

Asal jarohatlarni davolashda ishlatiladi:

–     Asal havodan namlikni tortib olish qobiliyatiga egaligi tufayli sog‘ayish jarayonini osonlashtiradi va chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Bunga sabab, asal sog‘aygan jarohat ustida yangi teri qoplamini paydo qiladigan epitelial hujayralarning o‘sishini tezlashtiradi. Shu yo‘sinda, hatto katta jarohatlarda ham asal to‘qima ko‘chirib o‘tkazish zaruriyatiga hojat qoldirmaydi.

–     Asal sog‘ayish jarayonida ishtirok etadigan to‘qimaning qayta o‘sishini tezlashtiradi. U yangi qon kapillyarlarining shakllani-shini va teridagi chuqurroq qatlamning biriktiruvchi to‘qimalari o‘rnini egallaydigan fibroblastlarning o‘sishini tezlashtiradi hamda tuzalishga kuch beradigan kollagen tolalarini ishlab chiqaradi.

–      Asal yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, jarohat atrofidagi shishni kamaytiradi. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va shu tarzda sog‘ayish jarayonini tezlatadi. U og‘riqni ham kamaytiradi.

–      Asal jarohatdagi to‘qimalarga yopishib qolmaydi, demak, jarohatdagi bog‘lam o‘zgartirilganda endigina paydo bo‘lgan to‘qima yulib olinmaydi va og‘riq bo‘lmaydi.

–      Nur bilan qilingan muolaja natijasida bemorlarda paydo bo‘ladigan jarohat yoki chandiq ustidan asalni bog‘lash juda yaxshi foydaberadi.113

–      Yuqorida qayd etilganidek, asalning antimikrobik xususiyati tufayli u yaralarga infektsiya tushishining oldini oluvchi himoya to‘sig‘ini hosil qiladi. Shuningdek, u jarohatlardan infektsiyalarni tez tozalaydi. Asal bakteriyaning antibiotikka chidamli turlariga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Antiseptik moddalar va antibiotiklarga aksincha, jarohat to‘qimalariga qulay ta’sir ko‘rsatadi va sog‘ayish jarayonini yomonlashtirmaydi.114

Bu ma’lumotlardan asalning ko‘plab «sog‘aytiruvchanlik» xususiyatlariga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu shubhasiz, Qudratda Tanho Alloh vahiy qilgan Qur’onning mo‘jizalaridan biridir. Asaldagi ozuqaviy qimmatning tahlilini keyingi sahifada berilgan jadvaldan ko‘rishingiz mumkin:

2000 yil, 10-13 sentyabr kunlari Melburnda o‘gkazilgan «Jarohatni tuzatish bo‘yicha birinchijahon kongressi» asalning jarohatni tuzatishda qo‘llanilishini muhokama qildi. Kongress davomida quyidagicha fikrlar bildirildi: Antibiotiklarga o‘ta chidamli bakteriyalar bilan infektsiyalangan jarohatlar uchun davo topish maqsadida ko‘plab antibakterial moddalar o‘rganib chiqilmoqda, chunki bu katta klinik muammoga aylanmoqda. Lekin ko‘pchilik tabiiy moddalarning infektsiya tushgan jarohatlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi isbotlanmagan yoki ularning jarohat to‘qimalariga yomon ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q. Asal o‘zgacha, chunki uning jarohatni bog‘lashda 4000 yildan buyon ishlatilishi haqida juda qimmatli ma’lumotlar bor … Asalda kuchli antibakterial ta’sir mavjud va jarohatga tushgan infektsiyani tozalash hamda yaralarni infektsiya tushishdan asrashda uning samarasi juda katta.

__________
112. «Honey A Source of Antioxidants» (Asal – antioksidlovchilar manbai), Journal of Apicultural Research, 1998, 37:221-225, www.nutritionfarm.com/health_news/1998/antioxidants4.htm; Janet Raloff, «The Color of Honey» (Asalning rangi), www.sciencenews.org/sn_arc98/9_12_98/Bob1.htm.
113. Anji Knoks, «Harnessing honey’s healing power» (Asal bog‘lash – sog‘aytiruvchi quvvat), 8 iyun, 2004; http://news.bbc.co.uk/2/hi/health/3787867.stm
114. «Honey As Medicine-Australia Produces A World’s First!» (Dori-sifat asal – Avstraliya jahonda birinchi ishlab chiqaruvchi!), San Diego Earth Times, yanvar, 2000; www.sdearthtimes.com/et0100/et0100s17.html.