2016 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Ziyouz portaliga tashrif buyurganlar soni 3 472 196 nafarni (www.ziyouz.com — 3 059 074; www.ziyouz.uz — 413 122) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 9512 kishi). Tashrif buyurganlarning 56 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (12%), AQSh (5%), Qozog‘iston (2%), Qirg‘iziston (2%), Turkiya (2%), BAA (2%) kabi 171 davlatdan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurgan.

2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida:
Maqolalar soni: 24276 ta (n.ziyouz.com — 10420, islom.ziyouz.com — 2258, davronbek.ziyouz.com — 391, ziyouz.uz — 9645, ziyouz.uz/ru — 1353, ziyouz.uz/en — 209).
Kitoblar soni: 7942 ta.
Android Market‘dagi kitoblar soni: 20 ta (781 002 marta ko‘chirib olingan).
Facebook sahifamiz muxlislari soni: 14424 nafar.
Youtube kanalimiz obunachilari soni: 1000 nafar (videolar soni: 199 ta, 557 555 marta ko‘rilgan).
Twitter’dagi o‘quvchilarimiz soni: 760 nafar.

* * *

O‘zbek tilidagi eng katta adabiy-ma’rifiy portal — www.ziyouz.com va www.ziyouz.uz saytlarida ayni paytda o‘zbek adabiyotidan 2724 ta, jahon adabiyotidan 1103 ta hikoya o‘rin olgan.

Ushbu ro‘yxatlar 2016 yilda portalda eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar tahlili asosida tuzildi. Ro‘yxatning avvalida eng ko‘p mutolaa qilingan hikoya o‘rin oldi. Ayni muallifning jami 1000 o‘quvchidan kam bo‘lmagan va reytingning yuqori 100 taligidan o‘rin olgan hikoyalari ham ro‘yxatga kiritildi.

O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p (hikoyalar soni va eng ko‘p o‘qilganiga ko‘ra) Abdulla Qahhor va O‘tkir Hoshimov asarlari, jahon adabiyotidan Agata Kristi va Anton Chexov asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.

O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Abdulla Qodiriy. “Jinlar bazmi”, “Uloqda”
2. Said Ahmad. “Qorako‘z Majnun”, “Qoplon”, “Azroil o‘tgan yo‘llarda”
3. Abdulla Qahhor. “Mayiz yemagan xotin”, “Anor”, “Dahshat”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “O‘jar”, “Mahalla”
4. O‘tkir Hoshimov. “Urushning so‘nggi qurboni”, “O‘zbeklar”, “O‘zbek ishi”, “Muhabbat”, “Oq bulut, oppoq bulut”, “Nega? Nega-a-a?!”, “Yanga”
5. Xurshid Davron. “Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat”
6. Nazar Eshonqul. “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Tobut”, “Og‘riq lazzati”
7. G‘afur G‘ulom. “Mening o‘g‘rigina bolam”
8. Zulfiya Qurolboy qizi. “Muhabbat va nafrat”, “Yozsiz yil”
9. Salomat Vafo. “Ustyurt”
10. Mirkarim Osim. “Shiroq”
11. Jo‘ra Fozil. “Qiz bolaning baxti”
12. O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz”, “Shirinsoy oqshomlari”
13. Karimberdi To‘ramurod. “Ilon ayol”
14. Abdulhamid Cho‘lpon. “Qor qo‘ynida lola”, “Novvoy qiz”
15. Qo‘chqor Norqobil. “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”
16. Tohir Malik. “Erkin”, “Zilzila”, “Qarg‘ish”
17. Abduqayum Yo‘ldosh. “Puankare”
18. Nabi Jaloliddin. “Ayol”, “Dayus”, “Vatan”
19. Nusrat Rahmat. “Eng ashaddiy kallakesar”, “Fojia”
20. Baxtiyor Nuriddinov. “Egasiz uy”, “Ifor”
21. Murod Muhammad Do‘st. “Dashtu dalalarda”
22. Xurshid Do‘stmuhammad. “Jajman”
23. Shukur Xolmirzayev. “O‘zbek xarakteri”, “Bulut to‘sgan oy”
24. Erkin A’zam. “Anoyining jaydari olmasi”
25. Odil Yoqubov. “Muzqaymoq”.

Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Agata Kristi. “Ustasi farang o‘g‘rilar”, “Tikuvchining xatosi”, “Shohida”, “Bulbul oshyoni”
2. Jek London. “Hayotga muhabbat”, “Oq sukunat”
3. Frants Kafka. “Evrilish”
4. Gi de Mopassan. “Murdaning qo‘li”, “Do‘ndiq”
5. Akutagava Ryunoske. “Afsungarlik mo‘jizalari”
6. Rabindranat Tagor. “Nur va soyalar”
7. O‘Genri. “So‘nggi yaproq”
8. Nodar Dumbadze. “Hellados”
9. Onore de Balzak. “Dahriyning ibodati”, “Chin sevgi”
10. Teodor Drayzer. “Erk”
11. Jan Pol Sartr. “Devor”
12. Ivan Golovnya. “Tanholik azobi”
13. Anton Chexov. “Xameleon”, “Uyqu istagi”, “Spravka”
14. Sergey Dovlatov. “Akam”
15. Stiven King. “Bo‘ri-odam yili”, “Dahshatli yomg‘ir”
16. Emil Zolya. “Toshqin”
17. Fyodor Dostoyevskiy. “Ma’suma”
18. Artur Konan Doyl. “Mallavoylar uyushmasi”
19. Chingiz Aytmatov. “Hayot-mamot”, “Askar bola”
20. Genrix Byoll. “Mening g‘amgin yuzim”.

Samыe chitayemыe rasskazы uzbekskoy literaturы:

1. Utkir Xashimov. “Dorojnoye proisshestviye”, “Solnechnыe zaychiki”
2. Abdulla Kaxxar. “Dva sapoga – para”, “Granat”, “Strax”, “Bolnaya”, “Tыsyachi i odna jizn”
3. Ulmas Umarbekov. “Osennyaya pogoda”, “Ruje teti Marusi”, “Staraya oreshina”
4. Shukur Xalmirzayev. “Pastux”, “Jizn vechna”
5. Said Axmad. “Juravli”, “Tishina”, “Sad”
6. Abdulla Kadыri. “Pir zlыx duxov”
7. Murad Muxammad Dost. “Sena odnogo jerebenka”
8. Ulugbek Xamdam. “Reka dushi moyey”, “Piala vodы”
9. Calomat Vafo. “Gora Butan”
10. Baxtiyar Nuritdinov. “Otets i sыn”, “Potustoronniy pokupatel”