Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 1-jild: She’rlar, nasriy asarlar, dramalar — T.: «Ma’naviyat», 2000.
Istiqlol adabiyotining yetuk vakillaridan biri Abdurauf Fitrat adabiyot va san’atning mavjud barcha turlarida qalam tebratgan. U o‘zbek va fors-tojik tillaridagi go‘zal she’rlari bilan barmoq vazniga asos solgan, hikoya va hissalari bilan esa XX asr o‘zbek nasrining tamoyillarini belgilab bergan adibdir. Nashrga tayyorlovchi, so‘z boshi va izohlar muallifi: Mas’ul muharrir: |
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild: Ilmiy asarlar — T.: «Ma’naviyat», 2000.
«Tanlangan asarlar»ning 2-jildiga professor Fitratning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, adabiyot tarixi sohasidagi ilmiy tadqiqotlaridan, adabiy mavzulardagi maqola va taqrizlaridan namunalar kiritilgan. Ularning asosiy qismi yangidan nashrga tayyorlangan, ayrim maqolalar avvalgi nashrlar bilan solishtirilib, tuzatilgan holda chop etilmoqda. Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi: Mas’ul muharrir: |
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 3-jild: Dramalar, maqolalar — T.: «Ma’naviyat», 2003.
Atoqli o‘zbek adibi Fitrat adabiyot, san’at va ilm-fanning turli sohalariga oid boy meros qoldirgan. Ushbu jilddan adibning «Chin sevish», «Hind ixtilolchilari», «Arslon» va «Vose’ qo‘zg‘oloni» dramalari hamda istiqlol orzusi bilan yo‘g‘rilgan publitsistik maqolalari o‘rin olgan. Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi: Mas’ul muharrir: |
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4-jild: Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va tadqiqotlar — T.: «Ma’naviyat», 2006.
Abdurauf Fitrat badiiy ijod va ilmning juda ko‘p sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Sizga havola qilinayotgan 4-jilddan uning «Adabiyot qoidalari», «Eng eski turk adabiyoti namunalari» kabi adabiyotshunoslikka, «Tilimiz», «Sarf», «Nahv» singari tilshunoslikka oid hamda ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi «Oila» asari o‘rin olgan. Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi: Mas’ul muharrir: |
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 5-jild: Ilmiy risolalar — T.: «Ma’naviyat», 2010.
Abdurauf Fitratning qo‘lingizdagi V jildiga o‘zida falsafiy qarashlarni mujassam etgan «Bedil» («Bir majlisda»), «Muxtasar islom tarixi», «Najot yo‘li» («Rahbari najot») hamda aruz vazni tadqiqiga bag‘ishlangan «Aruz haqida» ilmiy-ma’rifiy risolalari kiritildi. Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi: Mas’ul muharrir: |