Gerrit Kauvenar (1923-2014)

Gerrit Kauvenar (Gerrit Kouwenaar) shoir sifatidagina emas, adib va Bertold Brext dramalarining tarjimoni sifatida ham tanilgan. 1941 yilda “Bahor tongi” nomli she’riy to‘plami bilan adabiyotga kirib keldi. 1940-50 yillarda niderland she’riyatida “eksperimentalistlar” deb atalgan oqim asoschisi bo‘lib nom qozondi. Uning davomi…

Yan Hendrik Leopold (1865-1925)

Yan Hendrik Leopold (Jan Hendrik Leopold) – Niderland she’riyatida simvolizmning yetakchi namoyandasi hisoblanadi. U she’riy shakllar sohasida tinimsiz tajribalar qildi, niderland she’riyatiga birinchi bo‘lib antik she’r uslublarni va sharqona mavzularni olib kirdi. Leopold ijodi XX asr birinchi choragida niderland shoirlarining davomi…

Herman Gorter (1864-1927)

Herman Gorter (Herman Gorter) – shoir, munaqqid, siyosiy arbob. Amsterdam universitetida filologiya yo‘nalishida tahsil olgan. Bir muddat o‘qituvchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan; 1895 yildan e’tiboran siyosiy arbob sifatida faoliyat yuritgan.1907 yilda so‘l qanot sotsial-demokratlarning “Tribuna” gazetasiga asos solgan.1909 yildan esa Niderlandiya davomi…

Villem Klos (1859-1938)

Villem Klos (Willem Johannes Theodorus Kloos) – niderland shoiri, nosir, adabiy tanqidchi. Amsterdam universitetida filologiya bo‘yicha tahsil olgan.“Yangi yetakchi” jurnali (1885) asoschilaridan biri. XIX asrning 80-yillari so‘ngida Klos niderland adabiyotining yetakchi shoiri sifatida tan olingan. Klos ko‘p jihatdan Shelli va davomi…

Villem Bilderdeyk (1756-1831)

Shoir va olim Bilderdeyk (Willem Bilderdijk) yoshlik yillarini ko‘hna va zamonaviy tillarni, matematika, falakiyot, yer haqidagi fanlar va harbiy ilmlarni o‘rganishga sarfladi. Leyden universitetini tamomlab, 1782 yilda Gaagada advokat bo‘lib ishlaydi. 1792 yilda yangi hukmdorlarga sodiq bo‘lishga ont ichmagandan keyin, davomi…

Yan Yanson Starter (1593-1626)

Yan Yanson Starter (Jan Jansz. Starter) – niderland shoiri. 1614 yili Leyvardenda kitob savdosi bilan shug‘ullangan. Mahalliy notiqlar maktabini tashkil qilgani uchun katolik dinidan ajralib chiqqan kalvinchi nasroniy ruhoniylari unga qattiq hujum qildilar. 1620 yilda oilasi bilan Frantsiyaga ko‘chib ketishga davomi…

Gulnoza Odilova, Dilnavoz Yusupova. Italiyada mashhur bo‘lgan kitob Navoiydan o‘g‘irlanganmi?

Kirish so‘z o‘rnida … Navoiy g‘azaliyotini ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotimni endi boshlagan kezlarimda ustozim, navoiyshunos olim, professor Sh.Sirojiddinov “Navoiyni xorijliklarga taqdim etishdan avval uning jahon adabiyotiga ta’siri masalalari isbotlab berilishi kerak. Bertels o‘z asarlaridan birida G‘arb adabiyotidagi davomi…

Tavfiq Ismoil (1935)

Tavfiq Ismoil (Taufiq Ismail) – indoneziyalik shoir, publitsist. Bukitting shahrida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Indoneziya universitetining veterinariya fakultetini tamomlagan. “Uqubat” (1966), “Sukunat” (1970), “Jo‘xorizor she’rlari” (1973), “Meni Indoneziyaga qaytaring” (1976), “1998 yil mayida tug‘ilgan bola” (1998) to‘plamlari muallifi. RAHMAT, KATTAKON RAHMAT! davomi…

Nabi Xazriy (1924-2007)

Nabi Xazriy (Nəbi Xəzri; haqiqiy ismi — Nabi Alekper o‘g‘li Boboyev, 1924, Boku — 2007, Boku) — ozarboyjon shoiri, nosir, dramaturg, publitsist, tarjimon. Ozarboyjon xalq shoiri (1984). SSSR davlat mukofoti laureati (1973). Hizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1979). Ozarboyjon radio qo‘mitasida davomi…