Sayyoramizdagi eng qimmat rezidentsiyalar o‘ziga xos romantik usuli bilan ham bahosini oshirib kelmoqda. Chunki odamzot romantikaga o‘ch, qolaversa bu modaga ham aylanib bormoqda. Hozirgi kunda, ayniqsa, bokira tabiiy landshaftlarga ega joylarda romantik sayyohatlarga chiqish uchun odamlar pul ayashmaydi.
Er yuzidagi eng romantik rezidentsiyalar reytingida juda kamdan kam odamlarga bo‘lish nasib etadigan Maldiv orollaridagi Dhoni Mighili kurorti peshqadam. Bu kurort –orolda bor-yo‘g‘i 6 ta ayvonli dala hovli (bungalo)lar bo‘lib, ular dengiz bo‘g‘oziga qarata qurilgani bilan o‘ta maftunkordir. Bundan tashqari, bu rezidentsiyalarning har biri o‘z saroyboni, plyajdagi alohida ayvonchasi, yelkanli qayiqlariga ega. Shu bilan birga bu joy Maldivadagi to‘liq ijaraga olish mumkin bo‘lgan yagona orol hisoblanadi. Bunday romantik go‘shada bir sutka yashash narxi 1100 dollarga teng.
Ikkinchi o‘rinda esa Peppers On The Point mehmonxonasi bo‘lib, bu serviqor atoll XX asr boshida Rotorua ko‘li qirg‘og‘idagi qarorgohda qad rostlagan bo‘lib, bu joy o‘ta sof suvi, geotermal ma’danli manbalari bilan mashhurdir. Bu mehmonxonaning bir kunlik bahosi 700 dollarga tengdir. Tinch okeanining zumrad suvli qirg‘oqlarida joylashgan Las Alamandas villasi esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu mehmonxona bor-yo‘g‘i oltita – pushti, qizg‘ish, sariq, och havorangga bo‘yalgan oltita villadan iborat bo‘lib, bu rango-rang go‘shada yashashning bir kunlik bahosi 680 dollarga baholanadi.
№ | Nomi | Mamlakat | Kunlik narhi $ |
---|---|---|---|
1 | Dhoni Mighili kurorti | Maldiv orollari | 1 100 |
2 | Peppers On The Point mehmonxonasi | Yangi Zelandiya | 700 |
3 | Las Alamandas villasi | Meksika | 680 |
4 | Oberoi Amarvilas mehmonxonasi | Hindiston | 650 |
5 | Dunton Hot Springs kurorti | AQSh | 550 |
6 | Chateau de Bagnols | Frantsiya | 530 |
7 | Ponta dos Ganchos kurorti | Braziliya | 445 |
8 | Villa Le Scale | Italiya | 420 |
9 | Las Balsas rezidentsiyasi | Argentina | 340 |
10 | Bowman’s Hill villasi | AQSh | 300 |