Xo‘rozlar nega jangari bo‘ladi?

Ma’lumki, xo‘rozlar jangari tabiati bilan makiyonlardan ajralib turadi. Bu sifat ularning barcha rahiblarini dog‘da qoldirib, makiyonni o‘ziga jalb etishi uchun zarur.

Juda ko‘p hayvonlar bahor payti, juftlashish davri kelganda o‘zini ana shunday tutadi.

Masalan, bug‘u shoxlari bilan urg‘ochisiga kuchini namoyish etadi. Bunday shoxni ko‘rgan boshqa urg‘ochi bug‘ular bekinishni va aralashmaslikni afzal biladi. To‘g‘ri, kuchni bu tariqa namoyish etishdan so‘ng olishuv boshlanadi. Bug‘ular quturib urushgani bilan bir-birlariga ayrim hollardagina jarohat yetkazadi.

Dengiz chaykalari bug‘ulardan farqli o‘laroq jazavaga tushib kurashadi, hatto patlari yulinib ketadi.

Xo‘rozlar bundan ham jangariroqdir. Agar bosqinchi ogohlantirish qichqirig‘idan so‘ng orqasiga qaytmasa, darrov keskin urush boshlanadi. Jang ulardan birining g‘alabasi bilan tugaguncha davom etadi.

Makiyonlar jangni kuzatib turadi va g‘olibni tanlaydi.

Odam tovuqlarni parvarishlashga kirishganda ularning tabiiy hayoti buzilgan edi, chunki odam ulardan yil bo‘yi tuxum olishni ko‘zlagan edi. Shunga muvofiq ravishda xo‘rozlarning ham xulqi o‘zgardi. Shuning uchun ham xo‘roz qanotlilar orasida eng jangari deb nom olgan.

Odam xo‘rozlarning bu xususiyatidan o‘z maqsadlari bo‘yicha foydalanadi va xo‘rozlarni urishtiradi. Bunday musobaqalar Osiyo qit’asidagi mamlakatlarda keng ommalashgan. Shu maqsadda urushqoq xo‘roz va tovuqlarning yangi naslini yaratishgan. Ular chidamliligi bilan ajralib turadi va uzun pixlarga ega.

Xo‘rozlar jangi juda shafqatsizdir. Tomoshabinlar zavqini oshirish uchun xo‘rozlarning tirnog‘iga juda o‘tkir tig‘lar bog‘lab qo‘yishadi. Ular dushmanlarini og‘ir tilib tashlashi mumkin. Shuning uchun ham ayrim mamlakatlarda xo‘rozlarni urishtirish taqiqlangan.