Vizantiya Rim imperiyasidan keyin qancha yashadi?

5 asrda Konstantinopol Bolqon yarim oroli va Yaqin Sharqda yastanib yotgan katta imperiyaning poytaxti bo‘lgandi. Hatto Rim gullab-yashnagan davrda ham bu o‘lkada Rim emas, yunon madaniyati ta’siri sezilib turardi. Rim imperiyasi zavol topganidan so‘ng yuz yil yoki shunga yaqin vaqt o‘tgach, u yerda «rim»dan asar ham qolmagandi. Boshqa mamlakatlar xalqlari Konstantinopol imperiyasi aholisini yunonlar deb atashardi. Biz uchun odatiy bo‘lib qolgan Vizantiya degan nom esa Rim imperatori Konstantin tomonidan qayta qurilgan va uning sharafiga Konstantinopol deb atalgan. Qadimgi yunon shahri Vizantiyadan olingan.

Vizantiya 1453 yilga qadar mavjud bo‘lgan, ya’ni Rim imperiyasidan keyin yana ming yil yashagan. Tashqaridan bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p zarbalarga chidashda unga nima yordam bergan? 441 va 447 yillarda Yunonistonni xunnlar talagan; 460—470 yillarda ostgotlar huddi shunday xavf tug‘dirgan. Hatto Vizantiya imperatori Zenon ostgotlarni uning nomidan borib Italiyani zabt etishga ko‘ndirgan va bu bilan ularning Vizantiyaga siquvini zaiflashtirgan bo‘lsa-da, yangi bosqinchilar — avarlar va bulg‘orlar darvoza qoqa boshlagan edilar. Ular yana birnecha asrlar davomida Vizantiyaga xavf solib keldilar.