Uyum nima?

Dengiz sohilida uyulib qolgan katta-katta qum tepaliklari uyumlar deb ataladi. Ularni Yevropaning shimolida: Belgiya, Gollandiya va Boltiq dengizi sohillarida uchratish mumkin. Ammo uyumlar hamma joyda ham paydo bo‘lavermaydi. Nega?

Uyum tubi qumdan iborat dengizdan shamol quruqlikka qarab esadigan joylarda hosil bo‘ladi. Uyum hosil bo‘lishi uchun ikki narsa: qum va shamol bo‘lishi kerak.

Uyum qanday hosil bo‘ladi?

Qirg‘oqqa kelib uriladigan oqim va suv osti ohimlari dengiz tubidagi sayoz joylarning qumini qirg‘oqqa oqizib chiqadi. Shunday joylardan biri Shimoliy dengizdagi mashhur Dogger-bankadir.

Bunday joylarda shamol quruqlikka qarab esganda, qum qirg‘oqqa oqib chiqa boshlaydi. Uyumlar qum oqizib keluvchi katta daryolar dengizga quyiladigan joylarda ham hosil bo‘ladi.

Agar ko‘chayotgan qumning yo‘lida tepalik, oddiy bir qiyalik, qoyalar yoki suv o‘tlari singari to‘siq uchrab qolsa, o‘sha yerda ko‘tarma hosil bo‘la boshlaydi. Dengizdan esayotgan shamol uning ustiga yangi-yangi qumlarni uchirib kelaveradi va oqibatda uyum vujudga keladi.

Uyumlar juda foydalidir. Ular o‘z ortidagi yerlarni shamol va to‘lqindan himoya qiladi. Shuning uchun ham inson uyumlarni saqlab qoladi va yuvilib ketishdan asraydi.

Belgiya va Daniyaning sohilbo‘ylarida tezroq uyumlar hosil qilishi uchun qumqamish ekiladi. Qamishning tomirlari baquvvat bo‘lgani uchun ham qumni tutib qoladi. Gollandiyaning Vaddenzee degan joyi yaqinidagi orollar oqimni tarab yuboradi. Suv bu yerga qum va loyni oqizib keladi. Shunday qilib, ko‘rfazning tubi asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Ehtimol, o‘sha yerda ham vaqt o‘tishi bilan uyumlar hosil bo‘lar.

Boltiq dengizining Latviya va Litvaga qarashli sohillarida ham ko‘plab uyumlar uchraydi. Ular Daugava, Liyelupe daryolari Riga ko‘rfaziga oqizib keladigan qumdan hosil bo‘ladi. Ammo eng katta uyumlar Litvaning Kursha qumloq tilidadir.

Uyumlar shamolning yoyib yuborishi natijasida butunlay yo‘qolib ketmasligiga umid qilamiz.