O‘rdaklarni suzayotganda nima tutib turadi?

Biz «o‘rdak» so‘zi tilga olinganda, xonaki qushlardan tortib to osmondagi yovvoyi qushlargacha hamma-hammasi ko‘z oldimizda gavdalanadi. O‘rdaklar oilasi oqqushlarni, g‘ozlarni, kroxallarni yoki baliqchi o‘rdaklarni va boshqa turdagi o‘rdaklarni o‘z ichiga qamrab oladi. Yovvoyi o‘rdaklarning aksariyati Kanada chegaralaridan tortib, daraxtlar juda siyrak o‘sadigan Uzoq Shimolgacha bo‘lgan hududda yashaydi. Ular faqat qish mavsumida — mamlakatning markaziy va janubiy shtatlariga uchib keladi. Ammo janubda juda qisqa muddat turadi. Shimolda muzlar erishi bilan ular uylariga, suyukli maskanlari — havzalar, daryolar, botqoqliklar, ko‘llar va dengiz sohillariga qaytishadi.

O‘rdaklarga muzdek suv pisand emas. Sababi ularning tanasi suv o‘tkazmaydigan patlar bilan qoplangan. Dumi atrofida joylashgan bezlar yog‘simon suyuqlik ajratib chiqaradi va patlarni ivitib turadi. Ularning ostida parlarning qalin qatlami mavjud. O‘rdaklarning qanotsimon panjalari ham sovuq qishdan asray oladi, chunki ularda qon tomirlari ham, asab tolalari ham yo‘q, shu bois sovuqni sezmaydi.

O‘rdaklarning panjasi tanasining ostki qismida o‘rnashgan, bu ularning mohirlik bilan suzishiga imkon yaratadi, quruqlikda esa lapanglab yurdirtiradi. O‘rdaklar havoda tez uchadi va qisqa muddat to‘xtab-to‘xtab, tezligini 112 kilometr-soatga yetkazishi mumkin!

O‘rdaklarning aksariyati uyalarni qirg‘oqlarga qo‘yadi. Maysalar to‘shab, ko‘kragi bilan bosib ezadi. Makiyonlari tuxumini ko‘kragi bilan isitib yotadi. U 6 tadan 14 tagacha tuxum qo‘yadi va o‘zi bosadi.

Qushlar juftlashish davridan keyin tullaydi. Qanotlarida pat hosil bo‘lgunga qadar ular ucha olmaydi. Mana shu vaqtda o‘zlarini dushmanlaridan saqlash uchun juda osoyishta tutadilar, o‘zlariga boshqalarning e’tibori tushmaslikka intiladi.

Antarktidadan boshqa hamma qit’alarda, dunyo bo‘yicha o‘rdaklarning 160 ga yaqin turi yashaydi.