Ming yil burun xitoyliklar kapalak qurtlarining bir turi to‘qigan pilla gazmolidan bejirim ipak kiyim tikish sirini bilib olishgan. Bu sir juda maxfiy tutilgan, Xitoydan tut ipak qurti yoki uning urug‘ini olib chiqishga jur’at etganlar o‘lim jazosiga tortilgan.
Hozirgi paytda, albatta, tut ipak qurtlari nafaqat Xitoyda, balki Yaponiya, Hindiston, Frantsiya, Ispaniya, Italiya va boshqa ko‘p mamlakatlarda tarqalgan. Eng yaxshi ipakni oq tut bargini yeydigan mayda och-kulrang parvona qurti to‘qiydi.
Yozning boshlarida har bir urgochisi 500 va undan ko‘p tuxum qo‘yadi. Ular qog‘oz parchasi yoki gazlama ustida tut barg yozadigan bahorga qadar yaxshi saqlanadi. Inkubatorga qo‘yilgan tuxumlardan mayda qora qurtlar paydo bo‘ladi. Ularni qo‘lda yulib kelingan tut barglari ustiga qo‘yishadi va olti hafta davomida barglar bilan ovqatlantirishadi.
Qurtlar boshini bazo‘r qimirlata boshlasa, bu ularning o‘z ipagini to‘qishga shayligidan dalolatdir. So‘ng shoxchalar qo‘yiladi. Qurtlar jagidagi jimitday teshigidan chiqadigan ko‘zga chalinar-chalinmas ipi bilan o‘zini uraydi. 460—1100 metr chiqadigan ipak, taxminan 72 soat ichida tayyor bo‘ladi.
Pilla ichida bujur kapalak qurti bo‘ladi va u 12 kunda parvonaga aylanadi. Pillani hamma iplarini muayyan shaklda ushlab turuvchi, tut yelimini eritadigan issiq suvli novga solishadi.
Bir nechta pillalarning tolasi bitta tolaga ulanadi va g‘altakka o‘raladi. Shundan so‘ng ipak tolasi yigiriladi. 10—12 pilla tolasidan tarkib topgan ip bir qavatli ip deyiladi.
Biz ipakdan to‘qilgan biror narsa sotib olganimizda, ularga qanday ipdan bir qavatli yoki uch qavatli ipdan qilingani belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Hozirgi paytda neylon ancha ommalashib va arzonlashib, ipak o‘rnini egallay boshladi. Baribir ipak o‘zining go‘zalligi, sifati va mayinligi bilan o‘z qimmatini hech qachon yo‘qotmaydi.