Tamaki qanday tayyorlanadi?

Tamaki iqlimi mo‘tadil issiq mamlakatlarda yaxshi o‘sadi.

U bizning sharoitda ham o‘sadi. Tamaki yaproqlari katta va yumaloq bo‘ladi. Undan chekiladigan modda olish uchun dastlab quritiladi, so‘ngra bir joyga xirmon qilib yig‘iladi. U shu yo‘l bilan achitiladi. Natijada yaproqlari malla va xushbo‘y bo‘lib qoladi.

XVI asrda Frantsiyaning Portugaliyadagi elchisi Jan Nikot Parijga tamaki urug‘larini yuboradi. Shuning uchun ham tamaki tarkibidagi narkotik modda — nikotin alkoloidi uning nomi bilan ataladi.

Tamakidan tayyorlangan damlama o‘simliklarga purkalganda, u o‘simliklarni zararli hasharotlardan himoya qiladi. Tamakidan dori tayyorlashda ham foydalaniladi.

O‘xshash maqolalar: