Juda ko‘p g‘alati baliqlar bor, ularning tuzilishi boshqa hayvon yoki qushlarnikiga o‘xshab ketadi.
Hayvonshunoslar ularni tashqi ko‘rinishiga, harakatlanish yo‘siniga yoki o‘ljani qanday topib yeyishiga qarab tasniflaydilar. Hech qachon nur yetib bormaydigan okeanning eng chuqur joylarida ham baliqlar yashaydi. Ana shunday baliqlar sirasiga suv jayrasi kiradi.
Suv jayrasi katta baliqlarga qo‘rquv solmoqchi bo‘lsa, havo yutib shar kabi shishadi va ancha yirik, ichi liq to‘la, hamma joyiga igna qadalgan xaltaga o‘xshab qoladi.