Shimoliy dengiz qaroqchilari kimlar?

Angllar va sakslar Rim imperiyasini bosib olganlaridan 500 yil o‘tib bu imperiyaga (biroq, endilikda u franklar imperiyasi deb atalardi) yana boshqa shimoliy qabilalar hujum qildilar. Bu bosqinchi majusiylar nasroniylar zaminini taladilar va vayron qildilar. Tarix takrorlandi. Bu galgi bosqinchilar Norvegiya va Daniyadan edilar, ularni normannlar yoki vikinglar deb atashardi. (G‘arbiy Yevropada ularni asosan normannlar — shimol odamlari deyishardi).

Odatda vikinglar haqida gap ketganda shoxdor dubulg‘a kiygan, yo‘lida duch kelgan narsani vayron qilib ketuvchi yovvoyi odamlarni tasavvur qilishadi. Bu juda maroqli tasavvur, ammo noto‘g‘ri. Boisi shoxdor dubulg‘alar rusumdan chiqib ketganligiga qariyb 2 ming yil bo‘lyapti. Albatta, vikinglar qaroqchilik va bosqinchilik qilishardi. Biroq bu davrda yashagan boshqa xalqlar ham bu qilmishlardan xoli emasdi. Faqat farqi shundaki, bu borada vikinglarning omadi chopgan, qo‘li baland edi xolos.

O‘z uylarida ular ham qatron va hosilsiz Skandinaviya yerlaridan rizqlarini topish uchun yer shudgor qilishar, poda boqishar edi. Yoz oylarida esa ular o‘sha davrning eng mohir va chapdast jangchi, dengizchilariga aylanardilar.

Ularning kemalari shon-shuhratlarga burkangan, biroq biz ular to‘g‘risida faqat afsonalar orqaligina bilamiz: ularning bir necha kemasi bizning davrimizgacha saqlangan. Ulardan eng mashhuri Gokstaddagi (Norvegiya) yerto‘ladan topilgan kemadir. Mazkur kemaning uzunligi 24 metr bo‘lib, uning eshkagi 34 ta, hamda qizil va oq matolardan tikilgan yelkanlari uchun ulkan machtasi bor.

O‘xshash maqolalar: