Qushlarning qoni issiq. Qushlar reptiliyalarning olis avlodlari bo‘lib, ularning alomatini qisman saqlab qolgan. Masalan, panjasidagi terisi. Reptiliya kabi ular ham tuxum qo‘yadi.
Lekin ularning qoni issiq. Ularning tana harorati hatto odamlarnikidan yuqoridir. Bu qushlarning bizdan ko‘ra harakatchan yashashi bilan bog‘liqdir. Ustiga ustak ular tez-tez va ko‘proq (harqalay o‘z og‘irligidan) ovqat yeydi. Chunki parvoz juda katta kuch talab etadi. Shu bois qushlarning yuragi biznikidan ko‘p uradi va kuchliroq qon tarqatadi.
Bularga qo‘shimcha qilib aytsak, patlari issiqlik himoyasi vazifasini o‘taydi va tanasida qo‘shimcha issiqlik saqlaydi.