Qushlarning bir joydan ikkinchi joyga uchib ketishidan, o‘ylaymizki, ko‘pchilik xabardor. Odamlar qushlarning uchib ketishi va qaytishiga qarab, yilning qanday kelishini aytib bera oladilar. Ammo hech kim ularning g‘oyat uzoq masofaga sayr qilishini oxirigacha bilolmaydi.
Biz buni faqat haroratning o‘zgarishi bilan bog‘liq, deb ayta olmaymiz. Patlar qushni sovuqdan ancha yaxshi himoya qiladi. Tabiiyki, qish kelishi bilan qushlarning ovqat topishi qiyinlashadi, ayni shu hol ularning boshqa joyga ko‘chishiga sabab tug‘diradi. Ammo ular bahorda nima uchun yana shimolga uchib ketadi? Ayrim mutaxassislar tasdiqlashicha, bu ob-havoning o‘zgarishi bilan naslni davom ettirish instinkti o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik bor ekan.
Qushlar uchib ketishiga nima sabab bo‘lishidan qat’i nazar, hayvonlar orasida uzoq masofaga ko‘chish borasida ularga teng keladigani yo‘q. Ular orasida Arktika krachkasidir. U bir yil ichida ko‘chish payti 13 000 kilometrga teng masofani bosib o‘tadi!
Krachkalar Qutb doirasidan to Massachusetsgacha bo‘lgan ulkan hududda umrguzaronlik qiladi. Bu qushlar Antarktidaga haftasiga 700 kilometr yo‘l bosib, taxminan 20 haftada uchib boradi.
Qushlarning aksariyati uchib o‘tish davrida qisqa-qisqa muddat dam oladi. Ammo Amerika oltin rjankasi ochiq okean ustidan to‘xtamasdan uchib o‘tadi. U Yangi Shotlandiya (Kanada)dan to Janubiy Amerikagacha to‘xtamasdan 1500 kilometr masofaga parvoz qiladi!
Qushlar har yilning ma’lum bir kunida uchib ketadimi? Bu haqda ko‘p yozilgan, biroq ko‘plar aynan shunday deb o‘ylashadi. Har yilning ma’lum bir kunida uchib ketadigan qushlar yo‘q, ammo shu sanaga yaqinroq kunlari uchadiganlari bor. Qaldirg‘ochlar Kaliforniyaning Kapistronosidan 23 oktyabrda uchib ketib, 19 martda qaytib uchib keladi. Buning isbot etilganiga qaramay, ularning uchib ketish va qaytish sanasi ma’lum bo‘lishicha, har yili o‘zgarib turar ekan.