Tortish kuchi yoki gravitatsiya hodisasini Koinotdagi barcha katta-kichik jismlar yaqinida kuzatish mumkin. Bu har xil jismlar o‘rtasida tortish kuchi mavjudligini bildiradi.
Ammo bunday kuch kattaligi ikki narsaga: jismlarning massasi va ular o‘rtasidagi masofaga bog‘liq. Masalan, sizning tanangiz bilan Yer o‘rtasida ham tortish kuchi amal qiladi.
Erning o‘lchamlari nihoyatda katta bo‘lgani uchun ham aynan u sizni tortib turadi. Aksincha bo‘lishi mumkin emas. Yer yuzasida turganingizda tortish kuchi sizning og‘irligingizga teng bo‘ladi. Biroq sayyoramiz markazi bilan o‘zingizning orangizdagi masofani ikkiga ko‘paytirishingiz bilan (ya’ni Yer yuzasidan 6 500 km yuqori ko‘tarilishingiz bilan) og‘irligingiz 4 marta kamayadi.
Oy ulkan osmon jismi bo‘lishiga qaramay, Yerdan ancha kichik. Uning massasi Yernikidan 80 marta kam. Shuning uchun ham uning tortish kuchi (gravitatsiyasi) Yerning tortish kuchidan ancha kam. Agar Oyga borib qolsangiz, tanangiz og‘irligi 6 marta kamayadi. Boshqacha aytganda, agar siz Oy yuzasida balandlikka sakrash bilan shug‘ullanadigan bo‘lsangiz, Yerdagiga nisbatan 6 marta balandroq sakrashingiz mumkin bo‘lar edi.