Ahyon-ahyon bo‘lsa-da, Oyni kunduzi ham ko‘rish mumkin. Chunki u kunduzi Yerning biz yashayotgan tomoniga qarama-qarshi tarafga o‘tib qoladi. Ba’zida naq tepamizda turgan bo‘lsa ham uni ko‘rish imkoni bo‘lmaydi, chunki Quyoshning yorqin nurlari ularni qaytarayotgan Oyni bizga ko‘rsatmay qo‘yadi.
Erta tongda yoki kechqurunlari, ya’ni Quyosh nurlari ko‘zimizni qamashtirmayotgan kezlar ular ikkalasini ham ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.