Necha xil din mavjud?

Din o‘zi nima? «Din» so‘zi shunchalar ko‘p ma’noga egaki, ularni amalda bir necha so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Biroq olti xil fazilat ko‘pchilik dinlarga xosdir. Keling, ularni qisqacha ko‘rib chiqaylik:

  1. O‘z kuchiga ishonish yoki samoviy kuchlar inson kuchiga bo‘lgan ishonchga nisbatan kuchliroqdir.
  2. Ushbu samoviy kuchlardan qo‘rqishadi, ularni ko‘klarga ko‘tarishadi, ularga ibodat qilishadi, ularga qurbonliklar qilishadi.
  3. Ushbu qurbonliklar va ibodatlar uchun maxsus marosimlar tashkil qilishadi.
  4. Ibodat va dinlar tarixi bilan bog‘liq muayyan joylar hamda buyumlar muqaddas deb e’lon qilinadi.
  5. Odamlar din talablariga rioya qilsalar, bu dunyoda ham, o‘limdan so‘ng esa samolarda ham yaxshi hayot kechiradi, degan e’tiqod mavjud.
  6. To‘g‘ri xulq-atvor inson oldida turgan yagona yo‘ldir va faqat shu yo‘lgina insonni eng yaxshi hayotga olib borishi mumkin.

Jahondagi dinlarning ko‘pchiligi ana shu olti qoidaga asoslanadi. Ibtidoiy odamlarning hayvonlar, toshlar, daryolar va boshqalarning «ruhi»ga sig‘inishni o‘z ichiga oluvchi dinlari eng sodda dinlar hisoblanadi.

Keyinchalik tsivilizatsiya rivojlana borishiga ko‘ra, ko‘p xudolikka asoslangan dinlarning aksariyati tugab ketdi. Masalan, misr, vavilon, ossiriya, yunon, rim, shuningdek, kelt va skandinaviya dinlari «o‘lik dinlar» qatoriga kiradi. Lekin ko‘plab dinlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ulardan eng mashhurlari induizm, buddaviylik, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, zardushtiylik, islom, yahudo dinlari va nasroniylik (xristianlik)dir. Bu dinlarga e’tiqod qiluvchilar jami — 2 549 161 000 kishi (1995). Bu tsivilizatsiyalashgan dunyoning ko‘pchiligini tashkil etadi.

Eng keng tarqalgan dinlardan induizmga e’tiqod qiluvchilar 460 millionga yaqin bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hindistonda yashaydi. Buddaviylikka 250 million kishi e’tiqod qiladi, ularning ko‘pchiligi Xitoy va Yaponiyada istiqomat qiladi. Konfutsiylikka 153 millionga yaqin, daosizmga 20 millionga yaqin odam e’tiqod qiladi. Sintoizmga — 32 millionga yaqin, zardushtiylikka — 250 mingga yaqin kishi e’tiqod qo‘ygan. Yahudo diniga 17 millionga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Nasroniy diniga bugungi kunda boshqa dinlarga nisbatan eng ko‘p — taxminan 1 milliard 62 millionga yaqin kishi e’tiqod qiladi.