Immanuil Kant (1724—1804) buyuk nemis mutafakkiri. Uning ijodiga Russo va Nyutonning asarlari kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Nyuton olam tuzilishi qonunlarini, Kant esa inson hayoti qonunlarini o‘rganishga uringan. Uning fikriga ko‘ra insonning eng asosiy xislati — bu uning fikrlash va mulohaza yuritish xislatidir.
U judayam ko‘p kitob yozgan bo‘lib, axloqiy turmush tarzining oltin qoidasi deb nom olgan quyidagi qat’iy aqidasi bilan mashhurdir: «O‘z umringda shunday aqidaga amal qilgilki, u bo‘yicha ish tutgan chog‘ingda, qani endi shu qoida umumjamiyat Qonuniga aylansa degan niyatni ayta oladigan bo‘lgin».