Fiord (qirg‘oqlari qoyali, tor va chuqur dengiz ko‘rfazi)lar qit’alar qalin muz va qor qatlami bilan qoplangan muz davrida paydo bo‘lgan.
Bu muzlar, o‘z navbatida, sekin harakatlanayotgan muz daryolaridan iborat muzliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Bir necha o‘n metrdan iborat muzliklar tog‘lardan vodiylar tomon siljiyotib, o‘ziga yo‘l ocha boradi. Ularning harakat kuchi o‘ta yuqori bo‘ladi.
Dastlab muzliklar o‘tgan yo‘llarda tor daralar hosil bo‘ladi, keyinchalik muzning betizgin kuchi, o‘ziga pastga tomon yo‘l ochajak, ularni kengaytirib yuboradi. Dara asta-sekin chuqurlasha va kengaya boradi.
Muz davri tugagach, qor va muz eriy boshlaydi. Muz erigan sari daryolar ham kengaya boradi. Shu bilan bir vaqtda dengiz suvi ko‘tarila boshlaydi. Shunday qilib, daryolar o‘rnida fiordlar paydo bo‘ladi.
Fiord qirg‘oqlari, odatda, nishab qoyalardan iborat bo‘ladi. Qoyalarning balandligi 1000 metr (3000 fut) gacha yetadi.
Ba’zi fiordlar shu darajada chuqurki, ulardan kemalar ham bemalol o‘tib ketishi mumkin. Aksariyat fiordlar Finlyandiya va Grenlandiyaning qirg‘oq bo‘ylarida joylashgan. Ammo eng chiroyli fiordlar Norvegiyadadir. Eng uzun fiord ham Norvegiyada bo‘lib, Sogne-ford deb ataladi. Uning uzunligi — 180 km.