Biror marta osmondan eng yorqin yulduzni topishga urinib ko‘rganmisiz?
Osmondagi yulduzlar ko‘zingizga son-sanoqsizday ko‘ringan bo‘lsa ajab emas. Lekin teleskopsiz 6000 ga yaqin yulduzni ko‘rish mumkin, ulardan 1500 tasi Janubiy yarim shar ustida bo‘lib, Shimoliy yarim shardan ko‘rinmaydi.
Bundan 2000 yil oldinoq yunon munajjimlari yulduzlarni yorqinligiga qarab kattalikka va sinflarga ajratishgan. Teleskop paydo bo‘lishidan oldin yulduzlarning olti kattaligi yoki sinfi mavjud edi. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqinlari, oltinchi kattalikdagilari esa eng xiralari edi. Oltinchi kattalikdagi yulduzlardan kichiklarini teleskopsiz ko‘rib bo‘lmaydi. Bugungi kunda zamonaviy teleskoplar 21-kattalikdagi yulduzni ham suratga olish imkonini beradi.
Bir kattalikdagi yulduzning yorqinligi undan oldingi kattalikdagi yulduz yorqinligidan 2,5 barobar kamdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar soni 22 tadir, ulardan eng yorqini Sirius bo‘lib, u 1,5 kattalikka ega. Ushbu yulduz oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan eng kichik yulduzdan 1000 martadan oshiqroq darajada yorqindir.
Yulduzlarning kattaligi yoki sinfi qanchalik past bo‘lgani sari ularning miqdori shunchalik ko‘pdir. Agar birinchi kattalikdagi yulduzlar soni, bor-yo‘g‘i, 22 ta bo‘lsa, 20-kattalikdagi yulduzlar soni milliardga yaqin.