Eng katta dengiz botiqligi qayerda?

Quruqlik singari dengiz tubi ham o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat. Suv ostida ham haqiqiy tog‘lar, vodiylar va botiqliklar bor. Ba’zida ularning suv yuzasidan chuqurligi 10 ming metrgacha yetadi.

Suv osti relefi quruqlik relefi singari turli-tumandir. Eng chuqur dengiz botiqligi Marian orollari yaqinidadir. Uning chuqurligi — 11 022 metr. Taqqoslash uchun boshqa bir raqamni keltiraylik: Everest cho‘qqisining balandligi, «bor-yo‘g‘i», 8 848 metrdir. 1960 yili ushbu botiqlik uning tubiga qadar tushirilgan batiskaf yordamida tadqiq qilingan.

Shunday qilib, bunday apparatlar chuqurlikka tushish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi. Deyarli barcha dengiz botiqliklari yoki tarnovi ochiq okeanda emas, aksincha, materiklar yaqinida joylashgan.