Oziq-ovqat bozorlarida odamlar iste’mol qiladigan mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Birja ham ana shunday bozor, biroq bu yerda pul, oltin va qimmatli qog‘ozlar sotiladi. Bu yerga sotuvchilar va xaridorlar, qarz oluvchilar va qarz beruvchilar to‘planadilar.
Qarzga pul olgan korxona, uning o‘rniga mulkning biror qismiga egalik huquqini beruvchi hujjat (ya’ni aktsiya) beradilar yoki undan foydalanishda qatnashish huquqini beruvchi hujjat (ya’ni obligatsiya) beradilar. Bu qimmatli qog‘ozlar kishilarga yo ma’lum korxonaning muayyan qismiga egaligi huquqini yoki uning foydasidan ma’lum qismiga ega bo‘lish, yoki u olgan foydadan foiz olishga imkon beruvchi zayomni beradi. Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlar birjasi deb nomlanuvchi bozorda sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda sotuvchi va xaridorlar o‘z savdolarini maklerlar — ya’ni dallollar orqali amalga oshiradilar.