Frantsiyada qadimdan binafsha guli qirollar hokimiyatining ramzi bo‘lib kelgan. Uch bargli binafsha VI asrda franklar davlatining birinchi qirollik sulolasi — Merovinglar sulolasi muhrida aks etgan. Bu bizgacha yetib kelgan ma’lumotning eng qadimgisi.
Qirol Anri I skipetri (qirol saltanatining hassasi)ga ham uch bargli binafsha zarb qilingan. Bu 1301 yil edi. Xuddi shunday tasvir Avliyo Lyudovik skipetrida ham bor edi. Ammo nima uchun aynan binafshalar aks ettirilgan? Bu ramz qayerdan paydo bo‘lgan? Hayhot, taxmin qilishdan o‘zga ilojimiz yo‘q. Ehtimol, bu Sharq ta’siridan paydo bo‘lgandir?
Krit orolida topilgan freska (devorga solingan rasm)larda ham podshohlar uch bargli binafsha bilan tasvir etilgan. Bu freskalarning yoshiga uch ming yil to‘lgan. Balki bular Neptunning ma’lum uslubga solingan uch ayrili hassasidir? Yoki gulsafsar gulimi? Yo bo‘lmasa, nayza uchimi? Savollar adadsiz, afsuski aniq javob yo‘q!