O‘simlikka o‘xshash hayvonlar suvda, issiq tropik dengizlarda yashaydi. Siz ularni akvariumlarda ko‘rishingiz mumkin. Bu hayvonlarning nomi sizni chalkashtirib yuboradi, shu bois ularni odatda o‘simliklar deb atashadi.
Bular suv anemonlari (ayiqtovon gullilar oilasiga mansub), suv binafshalari va suv kartoshkagullaridir. Ularning hammasi g‘ayritabiiy ravishda tiniq rangli.
Haqiqatan ham, agar siz sinchkovlik bilan nazar solsangiz, ular orasida o‘xshashlik borligini payqab olasiz. Ammo suv anemoni hamisha hayvon sanalgan va shunday bo‘lib qoladi.
Ularning hammasi hayvonlarning «jo‘n» yoki «sodda» guruhiga kiradi. Ular o‘ljani o‘ziga jalb qilish uchun atay yorqin gullaydi. Qanchalik chiroyli bo‘lmasin, ularga teginmaganingiz ma’qul. Ularning bo‘rtib turgan joyi zaharlidir.
Bu g‘ayritabiiy hayvonlar odatda yirtqich bo‘ladi. Ular tiniq rangli paypaslagichlari bilan boshqa hayvonlarni tutib, oziqlanadilar.
Bu paypaslagichlar zaharli bo‘lib, ular o‘ljasiga nayzasini sanchib oladi yoki falaj qilib qo‘yadi, so‘ng hayvonning markaziy qismiga tortib olinadi. Markaziy qism deganimiz uning ham og‘zi va qornidir.
Ayrim hayvonlar, masalan, suv daraxtlari va suv gulzorlari bir-biriga shu qadar o‘xshash o‘simliklarki, ular o‘ljasini o‘ljasi bilgunga qadar qo‘lga tushirishlari mumkin.