Nabotot — o‘simliklar dunyosining bu g‘aroyib vakili Afrika savannalarida o‘sadi. Baobab daraxtga o‘xshash bo‘lishi bilan birga, uning ildizlari tepaga qarab o‘sadi. Uning tanasi yo‘g‘onligi 10 — 13 metrgacha boradi. Baobab 5 ming yilgacha umr ko‘radi. Kunlardan bir kun Alfons Dode romanining qahramoni taraskonlik Tartarenning xayoliga allaqanday bir o‘simlikni gultuvakda o‘stirish kelib qoladi.
Qizig‘i shundaki, bu o‘simlik… bo‘yi 40 metrgacha boradigan baobab edi. Ko‘pincha baobabning tanasining ichi kovak bo‘ladi. Mahalliy aholi uni don-dun sahlash uchun hozirlaydi. U ba’zida oilaviy sag‘ana vazifasini ham o‘taydi. Ammo baobab, baribir, o‘z holicha o‘sib yotaveradi, qurib qolmaydi. Odatda, uning yog‘ochi ishlatilmaydi, maymunlar noni deb ataladigan mevasi esa yeyishli. Uning tarkibida hamirsimon et va yog‘li urug‘ bor.