Amyobaning ham hayvon hisoblanishidan xabaringiz bormi?
Bu dildiroq bir hujayrali moddani faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin. Amyobalarning asosiy turlari chuchuk suvli daryolar va hovuzlarda yashaydi. Biroq amyobalarning ayrim turlari sho‘rsuv hovuzlar tubida, zax yerlar va ovqatlarda ham kun kechiradi.
Amyobalar o‘z shaklini mudom o‘zgartirib turadi. U avval yarmini, keyin qolgan yarmini siltab, harakat qiladi. Ko‘pgina yelimshak organizmlar kabi amyoba ham shakl hosil etayotganday harakatlanadi, buni «soxta oyoq» yoki soxta nusxa deyishadi. Soxta nusxa ovqatga yetgan payti uni o‘rab oladi va asosiy tanasi bilan yeydi. Shunday qilib, amyoba oziqlanadi. Uning og‘zi yo‘q.
Amyoba tirik organizmlarning eng quyi bosqichi sanalgan sodda hujayralilar sinfiga mansub. Uning na oyog‘i, na jabrasi bor. Biroq u suvdan kislorod yutadi, karbonat angidrid gazi chiqaradi, murakkab hayvonlar kabi ovqat hazm qiladi.
Amyobalarning sezgisi borligi ehtimoldan xoli emas. Unga tegilgan yoki u asabiylashgan payti darrov o‘ralib oladi. Amyoba yorqin nur, issiq va sovuq suvdan qochadi.
Balog‘at yoshidagi amyobaning yadrosi, protoplazma markazidagi mayda xol ikki qismga bo‘linadi. Shundan so‘ng amyobaning o‘zi ham ikkiga ajralib, yangi tirik organizmlarga aylanadi. Ular ham o‘z navbatida voyaga yetgach, ajralib ketadilar.