Londonda har yilgi an’anaga ko‘ra dunyoning eng yaxshi restoranlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu reytingni Angliyaning Restaurant Magazine jurnali har yili o‘tkazadi. Bu ro‘yxat dunyoning eng yaxshi 600 ta bosh-oshpazlari, restoran xo‘jayinlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida tuzilgan.
Dunyoning eng yaxshi restorani nomini katalan oshpazi Ferran Adrianing El Bulli restorani qo‘lga kiritdi. Bu ispan restorani nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda eng zo‘r restoran sifatida tan olindi. U o‘tgan yilgi g‘olib – Buyuk Britaniyaning The Fat Duck restoranini 2-o‘ringa tushirib yubordi.
Reytingda uchinchi o‘rinni mashhur parijlik bosh-oshpaz Per Ganer Yelisey Maydonidagi restorani egalladi. O‘tgan yili u 6-o‘rinni egalladi. AQShning eng yaxshi restorani sifatida French Laundry (frantsuz kirxonasi) e’tirof etildi.
№ | Restoran | Mamlakat | 2005 yildagi o‘rni |
---|---|---|---|
1 | El Bulli | Ispaniya | 2 |
2 | The Fat Duck (Yog‘li o‘rdak) | Buyuk Britaniya | 1 |
3 | Pierre Gagnaire (Per Garner) | Frantsiya | 6 |
4 | French Laundry (Frantsuz kirxonasi) | AQSh | 3 |
5 | Tetsuya’s | Avstraliya | 4 |
6 | Michel Bras | Frantsiya | 11 |
7 | Restaurant Le Louis XV | Monako | – |
8 | Per Se | AQSh | 7 |
9 | Restaurante Arzak | Ispaniya | – |
10 | Mugaritz | Ispaniya | – |