Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Ziyouz portaliga tashrif buyurganlar soni 2 814 610 nafarni (www.ziyouz.com — 2 547 651; www.ziyouz.uz — 266 959) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 7711 kishi). Tashrif buyurganlarning 48 foizi O‘zbekistondan, Rossiya (14%), AQSh (5%), Qozog‘iston (4%), Qirg‘iziston (2%), Turkiya (2%) kabi 175 davlatdan ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurgan.
Tashrif buyuruvchilarning katta qismi 25-34 yosh orasidagilar (33,5%) bo‘lib, 18-24 yoshlilar (27,5%), 34-44 yoshlilar (15,5%), 45-54 yoshlilar (12,5%), 55-64 yoshlilar (5,5%) va 65 yoshdan oshganlar (5,5%) keyingi o‘rinlarda.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida:
Maqolalar soni: 22389 ta (n.ziyouz.com — 9607, islom.ziyouz.com — 2019, davronbek.ziyouz.com — 378, ziyouz.uz — 8923, ziyouz.uz/ru — 1301, ziyouz.uz/en — 161).
Kitoblar soni: 6222 ta.
Android Market‘dagi kitoblar soni: 20 ta (520 431 marta ko‘chirib olingan).
Jahon adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 887 ta.
O‘zbek adabiyotidan hikoya va qissalar soni: 2609 ta.
O‘zbek she’riyatidan namunalar: 10000 dan ortiq.
Jahon she’riyatidan namunalar: 5000 dan ortiq.
Jahon va o‘zbek madaniyati, fani arboblari haqida ma’lumotlar: 2000 dan ortiq.
Hikmatlar va aforizmlar: 30000 dan ortiq.
O‘zbek xalq maqollari: 10000 dan ortiq.
Jahon xalqlari maqollari: 6500 dan ortiq.
O‘zbek xalq topishmoqlari: 1500 dan ortiq.
O‘zbek xalq ertaklari: 336 ta.
Facebook sahifamiz muxlislari soni: 9774 nafar.
Youtube kanalimiz obunachilari soni: 331 nafar (videolar soni: 73 ta).
Twitter’dagi o‘quvchilarimiz soni: 571 nafar.
* * *
Portaldagi elektron kitoblar soni 6000 dan oshdi. Ziyouz.comdagi jami kitoblar soni 6124 tani tashkil etdi. Ulardan 3111 tasi turli mavzudagi PDF kitoblar, 149 tasi maktab darsliklari, 180 tasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari darsliklari, 1235 tasi to‘plam va jurnallar, 862 tasi audiokitoblar, 89 tasi mobil telefonlar uchun kitoblar hamda 498 tasi rus tilidagi o‘zbek adabiyoti va tarixiga bag‘ishlangan kitoblardir.
Qariyb 12 yil davomida Ziyouz kutubxonasi kitoblarini tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:
Farg‘ona viloyati kutubxonasi
Marg‘ilon shahar kutubxonasi
Marg‘ilon pedagogika kolleji kutubxonasi
Marg‘ilon iqtisodiyot kolleji kutubxonasi
“Yoshlik” jurnali tahririyati arxivi
“Sharq yulduzi” jurnali tahririyati arxivi
“Hidoyat” jurnali tahririyati arxivi
“Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati arxivi
“Tafakkur” jurnali tahririyati arxivi
“Tafakkur” nashriyoti arxivi
Oybek uy-muzeyi arxivi
Akademik Oybek shaxsiy kutubxonasi
Professor G‘aybulloh as-Salom shaxsiy kutubxonasi
Professor Naim Karimov shaxsiy kutubxonasi
Tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy shaxsiy kutubxonasi
Iqtisod fanlari nomzodi, professor va adib Qudrat Do‘stmuhammad shaxsiy kutubxonasi
Fizika-matematika fanlari doktori, professor Mansurxon Toirov shaxsiy kutubxonasi
Filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqul shaxsiy kutubxonasi
Shoir Xurshid Davron shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi Tog‘ay Murod va Ma’suma Ahmedovaning shaxsiy kutubxonasi
Shoir Muhammad Yusuf va Nazira as-Salomning shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi va publitsist Dadaxon Nuriy shaxsiy kutubxonasi
Shoir va tarjimon A’zam Obidov shaxsiy kutubxonasi
Shoir Faxriyor shaxsiy kutubxonasi
Pedagog Tohirjon Aliyev shaxsiy kutubxonasi
Ulamolar Rahmatulloh qori Fayzullayev, Abduvohid Ahmadaliyev shaxsiy kutubxonalari
Kitobsevarlar Sobirjon Yoqubov, Yorqinjon Haydarov, Farrux Jabborov, Andrey Kubatin, Eldor Asanov, Iqbol Qo‘shayeva, Abduqahhor Rahimov, Zamira Hamidova, Ahrorjon Rahmonov shaxsiy kutubxonalari
O‘z shaxsiy kutubxonam