2014 yil, 1 yanvar. Openstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda www.ziyouz.com portaliga tashrif buyurganlar soni 2 300 000 dan oshgan (kuniga o‘rtacha 6300 kishi). 40 000 000 sahifa o‘qildi.
Tashrif buyurganlarning 1 500 000 nafari O‘zbekistondan bo‘lsa, Rossiya (377 000), AQSh (130 000), Qirg‘iziston (46 000), Koreya (40 000), Qozog‘iston (36 000), Turkiya (34 000), Tojikiston (18 000), BAA (13 000), Ukraina (12 000), Shvetsiya (10 000) kabi 160 dan ortiq davlatlaridan ham ko‘plab muxlislar bahramand bo‘lishdi.
2013 yili portalga 1 139 436 kishi mobil qurilmalar orqali tashrif buyurgan. Eng ko‘p Nokia, Samsung, Apple, SonyEricsson, HTC, LG, Fly, Alcatel, Huawei apparatlari orqali saytga kirilgan.
Portal uchun eng ko‘p Opera Mini brauzeridan foydalanilgan. Keyingi o‘rinlarni Chrome, Opera, Android Browser, Firefox, Internet Explorer brauzerlari egallashdi.
Yil davomidagi tashriflarning 1 300 000 tasi qidiruv sistemalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ziyouz.com dan eng ko‘p “so‘ralgan” so‘zlar: Alisher Navoiy, namoz vaqtlari, ziyo, Amir Temur, lug‘at, she’rlar, Mirzo Ulug‘bek, o‘zbek xalq maqollari, hadislar, Abu Ali ibn Sino, topishmoqlar, Muhammad Yusuf, Bobur, Qodiriy, kitoblar…
2013 yil, 9 aprel. Ayni paytda www.ziyouz.com portalidan 13867 ta (asosiy portalda 7996 ta, islom.ziyouz.com da 2335 ta, www.ziyouz.uz da 2383 ta, ruscha sahifada 1085 ta, inglizcha sahifada 68 ta) ilmiy-ommabop, ma’rifiy maqolalar, 3367 ta elektron kitob (PDF, HTM, DJVU, MP3, JAR formatlarida), o‘zbek adabiyotidan 1671 ta nasriy asar, jahon adabiyotidan 465 ta nasriy asar, 600 dan ortiq ijodkorning faoliyatiga oid ma’lumotlar, o‘zbek mumtoz she’riyatidan namunalar (124 ijodkor), zamonaviy o‘zbek she’riyati namunalari (281 ijodkor), jahon she’riyati namunalari (246 ijodkor), 10000 dan ortiq o‘zbek maqollari, 5000 ga yaqin jahon xalqlari maqollari, 265 ta hikoyat, 30000 ga yaqin hikmatli so‘z va aforizmlar, 1500 ta topishmoq, 100 ga yaqin xalq ertaklari, yurtimiz haqida 900 dan ortiq fotosuratlar, 200 ga yaqin rasmli tabriknomalar o‘rin olgan.
Kuniga portalga 5000-6000 foydalanuvchi tashrif buyuradi (www.uz reytingiga ko‘ra, 2500-3500). Openstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilning o‘zida saytga kirganlar soni 1 585 000 dan oshdi, 35 000 000 sahifa o‘qildi. 2004 yildan beri portalga tashrif buyurganlar soni 12 000 000 dan oshdi.
Portalga O‘zbekistondan so‘ng Rossiya (yiliga 255 000 kishi), AQSh (170 000), Koreya (32 000), Turkiya (26 000), Xitoy (24 000), Qozog‘iston (23 000), Qirg‘iziston (22 500), BAA (12 000), Germaniya (11 000), Tojikiston (10 000), Ukraina (10 000) kabi 160 dan ortiq davlatdan tashrif buyurishadi.