Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Xitoy yangi yili – Bahor bayramiga bag‘ishlangan kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zlagan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim mehmonlarni sharqona yangi yil bilan tabrikladi.
Ma’rifiy dastur ishtirokchilarini O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ham qutladi.
Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Milliy opera, raqs va drama teatri xalq cholg‘ulari orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.