www.ziyouz.uz – Internet-festival g‘olibi!

24 sentyabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da UZ Milliy domeni-2012 internet-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tanlovni «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi, “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi va “infoCOM.UZ” jurnali birgalikda tashkil etdi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi esa festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatladi.
Internet-festival mamlakatimizda 2001 yildan boshlab, o‘zbekcha saytlarni rivojlantirishni maqsad qilgan UZ Milliy domeni Internet-festivali esa 2007 yildan boshlab o‘tkazib kelinadi.
Bu yilgi festival tanlov dasturi 10 ta mavzuli va 3 ta maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oldi. Bu yilgi tanlov dasturiga har bir mavzuga oid 10 nominatsiya ishtirokchilari uchun WWW.UZ milliy izlash tizimining maxsus mukofotlari ham kiritildi. Ushbu maxsus nominatsiyada ma’lum vaqt ichida har nominatsiya ishtirokchilari orasida eng ko‘p ball to‘plagan 10 ta sayt g‘olib deb topildi.
Tanlovga jami 1000 ta ariza kelib tushdi, unda 543 sayt ishtirok etdi, ularning 65 foizi ilk bor qatnashdi.
Tanlovning “Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt” yo‘nalishida www.ziyouz.uz portali birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2004 yili faoliyat boshlagan portal bugungi kunda o‘zbek tilidagi eng kata ma’naviy manbaga aylangan. Unda 2000 dan ortiq elektron kitob, 15000 dan ortiq ilmiy-ommabop, ma’rifiy maqolalar o‘rin olgan.
Quyidagi saytlar bu yilgi internet festival g‘oliblariga aylandi:

Madaniyat va sport sohasida eng yaxshi sayt

“Sport” toifasi:
1-o‘rin: www.uff.uz – UFF.UZ – O‘zbekiston futboli ishqibozlari
2-o‘rin: www.pfl.uz – O‘zbekiston Professional futbol ligasi
3-o‘rin: www.championat.uz – O‘zbekiston Futbol portali.

“Madaniyat” toifasi:
1-o‘rin: www.e-adabiyot.uz- O‘zbek mumtoz adabiyoti va zamonaviy adabiyot, adabiyotshunoslik, tahlil, maqolalar va kutubxona.
2-o‘rin: www.afisha.uz – Afisha.uz – Toshkent afishalari

Eng yaxshi korporativ sayt
1-o‘rin: www.turkistonbank.uz – “Turkiston” banki sayti
2-o‘rin: www.creditasia.uz – Kredit Aziya maishiy texnika do‘konlari tarmog‘i korporativ sayti.
3-o‘rin: www.active.uz – ActiveCloud kompaniyasi sayti

Davlat boshqaruvi organi sohasidagi eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti
2-o‘rin: www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik Milliy ma’lumotlar bazasi Axborot-qidiruv tizimi.
3-o‘rin: www.parliament.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi.

Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.ziyouz.uz – Madaniy-ko‘ngilochar, ma’rifiy portal.
2-o‘rin: www.virtualdars.uz – Axborot texnologiyalariga oid video darslar va maqolalar.
3-o‘rin: www.fikr.uz – “Fikrlar, Odamlar va Jamiyat” Blogoservisi.

OAV sohasidagi eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.gazeta.uz – Gazeta.uz – O‘zbekiston Yangiliklari
2-o‘rin: www.kun.uz – Yangiliklar sayti
3-o‘rin: www.olam.uz – O‘zbekiston portali

Eng yaxshi tematik sayt
1-o‘rin: www.benkovci.uz – Benkov nomidagi o‘quv yurti umrbod xotirasida qolganlar sayti.
2-o‘rin: www.restoran.uz – Mamlakat restoranlari hayoti axborot portali.
3-o‘rin: www.gurmaniya.uz – Pazandachilikni yoqtiradiganlar hamjamiyati.

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt
1-o‘rin: http://tib.islom.uz/- Tabobat va zamonaviy meditsina
2-o‘rin: www.apteka.uz – Barchasi salomatlik uchun
3-o‘rin: www.mku.uz – O‘zbekiston tibbiy katalogi

Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.muloqot.uz – Muloqot.Uz ijtimoiy tarmoq
2-o‘rin: www.mover.uz – roliklarni onlayn ko‘rish va yuklab olish video-servisi.
3-o‘rin: www.dir.uz – TAS-IX da faylli xosting

Turizm va sayyohlik, mintaqaviy-o‘lkashunoslik sohasida eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.e-tarix.uz – O‘zbekiston va jahon tarixiga bag‘ishlangan sayt.
2-o‘rin: www.panoramio.uz – O‘zbekistonda birinchi virtual muhit loyihasi
3-o‘rin: www.mytashkent.uz – “Pisma o Tashkente” almanaxi.

Eng yaxshi shaxsiy sahifa
1-o‘rin: www.bayrammusic.uz – Bayram guruhi shaxsiy sahifasi
2-o‘rin: www.tohirmalik.uz – Shaxsiy sahifasi
3-o‘rin: www.nasimov.uz – Nasimovdan yangiliklar Blogi

Maxsus nominatsiyalar:

Festival kashfiyoti
1-o‘rin: www.megaskidka.uz – O‘zbekistonda 50% dan 97% gacha chegirmalar taqdim etuvchi sayt.
2-o‘rin: www.dna.uz – Design’n’Arts (DNA) dizayn va san’at haqidagi internet-jurnal
3-o‘rin: www.publika.uz- Barcha odamlar uchun Portal.

Oila uchun eng yaxshi sayt
1-o‘rin: www.oshxona.uz – O‘zbek oshxonasi sayti.
2-o‘rin: www.mama.uz – O‘zbekiston onalari hamjamiyati.
3-o‘rin: www.maslahat.uz – maslahatlar, yo‘riqnomalar va tavsiyalar.

WWW.UZ nominatsiyasi g‘oliblarining ro‘yxati

Madaniyat va sport sohasida eng yaxshi sayt – www.uff.uz
Korporativ saytlar – www.uzonline.uz
Davlat boshqaruvi organi sohasidagi saytlar – www.lex.uz
Fan va ta’lim sohasidagi saytlar – www.uz-translations.uz
OAV saytlari – www.olam.uz
Tematik saytlar – www.GoldenPages.uz
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi saytlar – www.apteka.uz
Tarmoq servislari sohasidagi saytlar – www.mover.uz
Turizm va sayyohlik va mintaqaviy-o‘lkashunoslik sohasida saytlar – www.mytashkent.uz
Oila uchun saytlar – www.okay.uz
Shaxsiy sahifa – www.islom.uz
Yil kashfiyoti – www.kinostar.uz