O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida 500 ming dozadan ziyod Moderna vaktsinasi olib kelindi. Bu haqda UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaktsinalardir.
COVAX dasturi bo‘yicha beg‘araz yordam sifatida yetkazilgan dozalar umumiy soni 9,5 milliondan oshdi. O‘zbekistonda foydalanilayotgan jami vaktsinalar miqdori esa 49,5 mln dozadan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, AQSh ham COVAX dasturi doirasida yurtimizga katta miqdorda koronavirusga qarshi vaktsina yetkazib bergan edi.