O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

6 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram kechasi ishtirokchilarini O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov qutladi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

“Turkmaniston bilan 2017 yilda strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan bo‘lsa, o‘tgan yilda munosabatlarimiz chuqurlashgan strategik sheriklik darajasigacha olib chiqilganini mamnuniyat bilan qayd etish o‘rinlidir. Savdo-iqtisodiy hamkorlikda salmoqli ko‘rsatkichlarga erishildi. O‘zaro savdo aylanmasi so‘nggi yillarda 5 barobarga ortib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi”, – dedi O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning huquqiy asosi sifatida qator hujjatlar imzolangan.

1993 yil 7 fevral kuni o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.